MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Endilikda O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida guruh sardorlari quyidagicha mezonlar asosida baholanadi va har semestr hamda yillik natijalari bo'yicha eng yuqori ko'rsatgichga ega guruh sardorlari munosib taqdirlanib boriladi.



#23yan #bilib_oling

🔴 Endilikda O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida guruh sardorlari quyidagicha mezonlar asosida baholanadi va har semestr hamda yillik natijalari bo'yicha eng yuqori ko'rsatgichga ega guruh sardorlari munosib taqdirlanib boriladi.

🫥Guruhdagi talabalarining davomat reytingi natijalariga ko‘ra,

🫥 Guruhdagi talabalarining o‘zlashtirish reytingi natijalariga ko‘ra,

🫥 Guruhdagi talabalarining ta’lim muassasasining odob axloq qoidalari, ichki tartibi qoidalari va kiyinish madaniyatiga rioya etishiga ko‘ra,

🫥 Guruhdagi talabalarining ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardagi ishtiroki va yutuqlarining umumiy natijalariga ko‘ra,

🫥 Guruhdagi talabalarining beshta muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan to‘garak va klublarga jalb etilishi holati ko‘ra,

🫥 Guruh talabalari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish holati ko‘ra,

🫥 Guruhdagi talabalarni darsdan bo‘sh vaqtlarida tanlov va sport to‘garaklariga jalb etish holatiga ko‘ra,

🫥 Guruhdagi talabalarining nogironligi bo‘lgan, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va kam ta’minlangan talabalar bilan amalga oshirgan ishlari holatiga ko‘ra,

🫥 Guruhdagi talabalarining iste’dodi va iqtidorini yuzaga chiqarishda Filiar yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda amalga oshirgan ishlari holatiga ko‘ra,

🫥 Guruhdagi talabalar jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlari qayd etilmaganligi holatiga ko‘ra,

🫥 Guruh talabalari to‘g‘risidagi hujjatlar yig‘ma jildi mavjudligi (bunda talabalar shaxsiy anketalari, guruh yoshlar balansi ma’lumotlari, tushuntirish xatlari, sog‘lig‘i tufayli davolanganlik ma’lumotlari va boshqa hujjatlar) holatiga ko‘ra,

🫥 Guruh sardorining shaxsiy boshqaruv qobiliyatlariga ko‘ra,

🫥 Guruhdagi talabalarining kitobxonlik tadbirlaridagi ishtiroki va filial Axborot kutubxona Markazidan foydalanish ko‘rsatkichlari holatiga ko‘ra aniqlanadi.

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Matbuot xizmati

✅ Telegram 🧊Instagram 💬 Facebook

🎬You tube 🌍Jbnuu.uz 📞 Sarvar Suvonov