MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti Jizzax filialiga talabalikka tavsiya etilgan ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!



2020 yil 3 oktabrdan  talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish boshlandi.

 

Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan 2020-yil test sinovlari qaydnomasiga muvofiq Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti Jizzax filialiga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlardan quyidagi hujjatlarni taqdim etishingiz so‘raladi.

1.  Direktor nomiga ariza;

2.  Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda)  4 nusxa;

3.  Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;

4.  Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)

5.  3,5x4,5 rasm 6 ta;

6.  Hujjatlar yig‘ma jildi (papka);

7.  Konvert A5 formatida;

8. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa).

 

Hujjatlar: O‘zMU Jizzax filiali sport zalida qabul qilinadi.

Eslatma: Hujjatlar 2020 yil 3-oktabrdan soat 9:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.      

                (Yakshanba dam olish kuni)

                Tushlik 13:00 dan 14:00 gacha.

 

Hujjatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va tolov-shartnoma varaqalarini tarqatish boyicha mas’ullar:

Parmonov Abutolib Abduvahobovich (Amaliy matematika fakulteti dekan o‘rinbosari)

  97-439-19-12

 Toshboyev Asliddin Ko‘makovich (Psixologiya fakulteti dekani o‘rinbosari)

  99-553-88-91

O‘ralov Islom Ismatovich (Marketing bo‘lim boshlig‘i)

  97-477-88-38

2020-yil test sinovlari qaydnomasi bilan OzMU Jizzax filiali rasmiy web-saytida tanishishingiz mumkin!

Qabul komissiyasi call-center (murojaat markazi) telefon raqamlari:

 72-226-01-24

 72-226-10-52

  72-226-01-30

Karantin qoidalariga to’liq rioya qilishingizni so’raymiz.

 Tavsiya: O‘zMU Jizzax filialining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!

http://jbnuu.uz/

https://t.me/uzmujizzaxfiliali