Asosiy menyu

Iqtidorli talabalar

Mirzo Ulug‘bеk nomidagi O‘zbеkiston Milliy univеrsitеti Jizzax filialida iqtidorli talabalar

Mirzo Ulug‘bеk nomidagi O‘zbеkiston Milliy univеrsitеti Jizzax filialida iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash va munosib rag‘batlantirish borasida ijobiy ishlar amalga oshirilib  kelinmoqda. Filialda iqtidorli talabalarni ilmiy izlanish va ijodiy muhitga kirib kelishlari ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomli Davlat stipendiyalari hamda talabalar Respublika fan olimpiadalari, turli tanlovlar, Davlat dasturi asosida bajarilayotgan ilmiy loyihalarga jalb etish hamda ilmiy tadqiqot ishlari olib borish, konferensiya va seminarlar, talabalar ilmiy jamiyatlari shuningdek ilmiy – ommabop nashrlarda maqola, hikoya va she’rlarini chop etishlari va mustaqil ijodiy izlanishlar olib borishlariga alohida e’tibor qaratilgan. 
Mirzo Ulug‘bеk nomidagi O‘zbеkiston Milliy univеrsitеti Jizzax filiali talabalari Respublika miqiyosida o‘tkazilayotgan tanlovlar, хalqaro konferensiyalar hamda talabalar Respublika va Xalqaro fan olimpiadalarida faol ishtirok etib kelmoqdalar. 
Talabalar Respublika va Xalqaro miqiyosdagi konferensiyalarda o‘z maqolalari bilan qatnashib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. Bundan tashqari  1 nafar talabamiz 2019 yil Almota shaxrida o‘tkazilgan Xalqaro 15-IZXO olimpiadasida bronza medal sohibi, 1 nafar talabamiz 2019 yil 27 dekabrda Rossiyaning Penza shaxrida o‘tkazigan VI xalqaro ilmiy konferensiyada faxrli II darajali diplom, 2019 yil 18 iyul kuni Yaponiyada o‘tkazilgan  World Mathematics Invitational Final Round onlayn olimpidasida 3-o‘rin bilan taqdirlanishdi.

Hozigi paytda  talabalarimiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyalariga ega bo‘lish maqsadida muntazam o‘z ustilarida ishlashmoqda.

 

Raxmatov Dilmurod Rustam o‘g‘li

2002-yilda 1-martda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Amaliy matematika fakulteti 1- bosqich talabasi. Raxmatov Dilmurod Yuksalish” umummilliy harakati va O‘zbekiston Liberal-Demakratik partiyasi a’zosi.

Raxmatov Dilmurod fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirish bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot ishlarini ham olib bormoqda. Asosiy ilmiy yo‘nalishi ta’limda axborot texnologiyalari, raqamli iqtisodiyot, sun’iy tafakkur va neyro tarmoq sohalari bo‘yicha ilmiy ish olib bormoqda.

Uning15 dan ortiq maqola va tesizlari bilan Rossiya, Qozog‘iston, Angliya va Indoneziya mamlakatlarida o‘tkazilgan konferensiyalarda ishtirok etib, ko‘plab sertifikatlarni qo‘lga kiritgan.

2019 yil 18 iyul kuni Yaponiyada o‘tkazilgan  World Mathematics Invitational Final Round onlayn olimpidasida 3-o‘rin bilan taqdirlangan.

Raxmatov Dilmurod Qozog‘istonning Nur-sulton shahrida o‘tkazilgan “Лучший студент СНГ - 2020” tanlovida ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va “Yil talabasi” medali bilan taqdirlangan.

 

 

 

 

 

Abdug‘aniyev Axror Shavkat o‘g‘li

 

1999-yilda 19-yanvarda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Amaliy matematika fakulteti 1- bosqich talabasi. Abdug‘aniyev Axror “Yuksalish” umummilliy harakati va O‘zbekiston Liberal-Demakratik partiyasi a’zosi.

Abdug‘aniyev Axror o‘tkaziladigan talabalarning ilmiy konferensiyalarida muntazam ishtirok etib keladi. Bir nechta ilmiy maqolalari Respublika va viloyat miqyosida chop etiladigan jurnallarda nashr etilgan. o‘z ustida muntazam ishlaydi.

 Asosiy ilmiy yo‘nalishi ta’limda axborot texnologiyalari, raqamli iqtisodiyot, yurtimizda turizmni rivojlantirish sohalari bo‘yicha ilmiy ish olib bormoqda.

Abdug‘aniyev Axror ko‘plab contestlar o‘tkazgan va SamTUITning online contestlarida faol ishtirok etgan. Hozirgi kunda esa web dasturlashni mukammal o‘rganib kelmoqda.

 

 

 

 

 

 

Karimov Sherozjon Shavkat o‘g‘li

2001-yilda 16-dekabrda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Amaliy matematika fakulteti 1- bosqich  talabasi.

Karimov Sherozjon fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirish bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot ishlarini ham olib bormoqda.

  Karimov Sherozjon viloyat hamda OTMlar miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalarida hamda turli tanlovlarda muntazam ishtirok etib keladi.

Karimov Sherozjon “One Million Uzbek Coders” loyiha platformaning online darslarini muvaffaqiyatli yakunlab xalqaro darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritib, “One Million Uzbek Coders” loyihasining Nanodegree testlarida ishtirok etadi.

Hozirgi kunda esa web dasturlashni mukammal o‘rganib kelmoqda.

 

 

 

 

Asrorova Sayyoraxon Akmal qizi

 

 1999 yil 7 sentabrda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Amaliy matematika fakulteti, "Oila psixologiyasi" yo‘nalishi 1- bosqich talabasi.

Asrorova Sayyoraxon fanlarni a'lo baholarga o‘zlashtirish bilan bir qatorda ilmiy tadqiqot ishlarini ham olib bormoqda. Asosiy ilmiy yo‘nalishi ta'lim sohasida bolalar psixologiyasi, ularning rivojlanish bosqichlari va psixologiyaning jamiyatda qay tariqa keng targ‘ib qilish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Asrorova Sayyoraxonning 10 ga yaqin maqola va tezislari Respublikamizning turli hududlarida bo‘lgan konferensiyalarida qatnashib, ko‘plab sertifikatlarni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari filialda o‘tkaziladigan tanlovlarda ham faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, "Eng yaxshi innovatsion g‘oya" nominatsiyasi bòyicha faxrli 1 o‘rinni, "O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi" mavzusi bo‘yicha o‘tkazilgan maqolalar tanlovida 2-Darajali diplom bilan, "Ma'rifatli yoshlar - yurt ko‘zgusi" shiori ostida "Qizlar davrasi" ko‘rik tanlovida 1- Darajali diplom bilan taqdirlangan.

 

 

 

 

 

Asqarov Shomirza Shavkatjon o‘g‘li

2000-yil 15-aprelda tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Amaliy matematika fakulteti 1- bosqich  talabasi.

  Asqarov Shomirza o‘qish davrining ilk kunlaridanoq barcha fanlardan a’lo baholarga o‘qib, tashkiliy va jamoat ishlarida faol qatnashib kelmoqda. Jumladan matematika faniga bo‘lgan iqtidori va chuqur qiziqishi sabab respublika va xalqaro fan olimpiadalarda yuqori o‘rinlarni egallagan.

2019 yil 10-15 yanvar kunlari Qozog‘istonning Olmaota shaxrida bo‘lib o‘tgan Jautikov nomli 15-IZXO Xalqaro olimpiadada faxrli bronza medal soxibi bo‘ldi. Hozirgi zamon talabi bo‘lgan ingliz tilida erkin so‘zlasha oladi. Shuningdek, axborot texnologiyalaridan mukammal foydalana oladi. Filialda matematika faniga qiziquvchi talabalar uchun  telegram kanal tashkil etgan.   Asqarov Shomirza muntazam o‘z ustida ishlaydi va fan olimpiadalariga muntazam qatnashib kelmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

Eshmatov Umidjon Abdusodiq o‘g‘li

1999 yil 16 sentabrda Jizzax viloyati, Jizzax tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek. “Amaliy matematika” fakulteti, "Yoshlar psixologiyasi" yo‘nalishi 1- bosqich talabasi. Filial Yoshlar ittifoqi yetakchisining birinchi o‘rinbosari.

Eshmatov Umidjon fanlarni a'lo baholarga o‘zlashtirish bilan bir qatorda ilmiy tadqiqot ishlarini ham olib bormoqda. Asosiy ilmiy yo‘nalishi yoshlarning xotirasini kuchaytirishda mnemonika texnikalarini yanada keng qo‘llash va yangi mnemonika texnikalarini yaratishdan iboratdir. Bundan tashqari filialda o‘tkaziladigan tanlovlarda ham faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, "Eng yaxshi innovatsion g‘oya" nominatsiyasi bòyicha faxrli 2 o‘rinni, "O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi" mavzusi bo‘yicha o‘tkazilgan maqolalar tanlovida 1-darajali diplom bilan taqdirlangan. Filial “Quvnoqlar va Zukkolar”  terma jamoasi sardori hisoblanadi.  Hozirgi kunda Jizzax Politexnika instituti tomonidan tashkil etilgan  va Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan  “Kasb-hunarga yo‘naltirish markazi” grant loyihasi ishtirokchisi hisoblanadi. Eshmatov Umidjon Psixologiya sohasi va IT sohasini o‘rganishda bilimga chanqoqligi va mehnatsevarligi bilan ustozlar ishonchini oqlab kelmoqda.

 

 

 

 

 

 

O‘ralov Javoxir Shavkat o‘g‘li

2000-yil 15-aprelda tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Amaliy matematika fakulteti 1-bosqich talabasi.

  O‘ralov Javoxir o‘qish davrining ilk kunlaridanoq barcha fanlardan a’lo baholarga o‘qib, tashkiliy va jamoat ishlarida faol qatnashib kelmoqda. Jumladan matematika va dasturlash faniga bo‘lgan iqtidori va chuqur qiziqishi sabab tanlovlarda yuqori o‘rinlarni egallagan.

2020 yil Yoshlar akademiyasi tomonidan tashkil etilgan “Start-up” loyihasi ishtirokchisi. Bundan tashqari filialda o‘tkaziladigan tanlovlarda ham faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, "Eng yaxshi innovatsion g‘oya" “Eng yaxshi videorolik” tanlovlarida yuqori o‘rinlarni egallagan.

O‘ralov Javoxir muntazam o‘z ustida ishlaydi va fan olimpiadalariga muntazam qatnashib kelmoqda.

 

 

 

 

 

To‘rabekov Shoxjaxon  Ne’matovich

2000-yil 15-aprelda tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Amaliy matematika fakulteti 1- bosqich  talabasi.

   To‘rabekov Shoxjaxon  fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirish bilan bir qatorda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning faol ishtirok etib kelmoqda. Tasabbuskor talaba sifatida filialda o‘tkazilgan “Quvnoqlar va Zukkolar”, 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlangan tadbilarda hamda viloyat, respublika va xalqaro tanlov va musobaqalarda yuqori o‘rinlarni egallagan.

   To‘rabekov Shoxjaxon  sportga bo‘lgan ishtiyoqi va iqtidori sabab Taekwon-do ITF sporti bilan muntazam shug‘ullanadi. 2019 yil sport ustasi guvoxnomasiga ega bo‘lgan.

Bundan tashqari 2019 yil 29 noyabrdan 1 dekabr kuniga qadar Toshkent shaxrida bo‘lib o‘tgan Taekwon-Do  ITF бўйича xalqaro turnirda faxrli 2 o‘rin soxibi bo‘ldi.

Asqarov Shomirza muntazam o‘z ustida ishlaydi va sport bilan shug‘ullanish barobarida ilmiy tadqiqot soxasida ham ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

 

 

 

 

 Egamberdiyeva Laylo Shavkat qizi

2000 yil 6 fevralda Jizzax viloyati, Zomin tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Amaliy matematika fakulteti,       

“Informatika va axborot texnologiyalari" yo‘nalishi       1 bosqich talabasi.  Egamberdiyeva Laylo  fanlarni a'lo baholarga   o‘zlashtirish bilan bir qatorda ilmiy tadqiqot ishlarini  ham olib bormoqda. Uning 10 ga yaqin maqola va tezislari Respublika va xalqaro konferensiyalarida qatnashib, ko‘plab sertifikatlarni qo‘lga kiritgan.  Egamberdiyeva Laylo  “One Million Uzbek Coders” loyiha platformaning online darslarini muvaffaqiyatli yakunlab xalqaro darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritib, “One Million Uzbek Coders” loyihasining Nanodegree testlarida ishtirok etadi. Egamberdiyeva Laylo  o‘zining ijodkorlik qobiliyati, odobi, hulqi, mehnatsevarligi, ilmsevarligi va o‘z vatanining yosh vatanparvari sifatida kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun barcha imkoniyatlarini namoyon qilib kelmoqda.

 

 

 

 

 

Davurova Marjona Ilhom qizi

2001-yil 14-iyunda tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Amaliy matematika fakulteti 1- bosqich  talabasi.

Davurova Marjona  fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirish bilan bir qatorda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning faol ishtirokchisi. Jumladan “Ma'rifatli yoshlar-yurt ko‘zgusi” hamda “Mеn shu Vatan farzandiman” shiori ostida tashkil qilingan Targ‘ibot guruhining faol a’zosi, filialda o‘tkazilgan  “Online kitobxon”  ko‘rik tanlovida faxrli I o‘rinni egalladi.

Davurova Marjona  o‘z ustida muntazam ishlaydi va uning ijod namunalari doimiy ravishda ijtimoiy va rasmiy kanallarda e’lon qilinib bormoqda hamda ilmiy tadqiqot soxasida ham ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

Top