Asosiy menyu

Talabalar turar joyi

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali talabalar turar joyi to'g'risida

MA'LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil 1 noyabrdagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimidagi islohotlarga muvofiq, ta’lim muassasalarining talaba (o‘quvchi)lar turar joylari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni zamon talablariga mos ravishda yangilash va yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 1019-sonli buyrug‘iga asosan filiali direktorining 2019 yil 12 noyabrda 180 AF-sonli buyrug‘i ishlab chiqilgan. Jumladan talabalar turar joyi nizomi, elonlar burchagi, talabalar ro’yxati, yong‘in xafsizligi burchagi, talabalarning xafsizligi uchun 24 soat online ishlab turgan kuzatuv kameralari bilan jihozlangan. Talabalar turar joyi binosi 4 qavatli bo‘lib, jami 210 o'ringa mo'ljallangan. Talabalar turar joyida 4 ta oshxona (har bir qavatda 1 tadan), 4 ta yuvinish xonasi (har bir qavatda 1 tadan), 4 ta ma’daniy xordiq chiqarish (32 dyumli televizor bilan jihozlangan) xonasi (har bir qavatda 1 tadan), 4 ta  kiyim dazmollash xonasi (har bir qavatda 1 tadan), 4 ta  umumiy xojatxona (xar bir qavatda 1 tadan) xonalar mavjud.

Talabalar turar joyida Axborot kutubxona, ma'naviyat va ma'rifat xonasi hamda talabalarning elektron darsliklardan foydalanishi uchun WiFi zonalari tashkil etilgan.

Hozirgi kunda filial talabalar turar joyiga jami 125 nafar talabalar joylashtirilgan bo'lib, shundan  90 nafarini o'g'il bolalar 35 nafarini  qizlar tashkil etadi

Top