Asosiy menyu

Hamkorlarimiz haqida

1. «KROXUS SOFT» mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan beg‘araz ko‘mak asosida tegishli mutaxassislar orqali Filial talabalariga taklif etilayotgan «Veb-dasturchi» kursi bo‘yicha dasturlashning amaliy ko‘nikmalarini beruvchi o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

 

2. “Jizzakh textile” MCHJ ishlab chiqarish korxonasi  o‘zaro manfaatli innovatsion hamkorligini yo‘lga qo‘yish va innovatsion loyihalar, xo‘jalik shartnomalari, ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha o‘zaro kelishuv mavjud.

 

3. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi bilan Hamkor tomonidan taqdim etilayotgan muammolarni ichki imkoniyatlar asosida echish bo‘yicha xo‘jalik shartnomalari orqali uchrashuvlar, seminar-trening, master-klasslar, onlayn mashg‘ulotlar, innovatsion loyihalar, startaplar, amaliy tavsiyalar va dasturiy maxsulotlar etkazib berish orqali hamkorlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolangan.

 

4. Jizzax xalq ta’lim xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazining “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi va filialning “Psixologiya” kafedrasi bilan o‘quv-uslubiy, metodik, o‘zaro hamkorlikda ilmiy-amaliy, ma’naviy ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha shartnoma imzolangan.

 

5. “Jizzax akkumulyator zavodi” OAJ ishlab chiqarish korxonasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli innovatsion hamkorligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelshuvga erishilgan  2020 yil may oyida zoom dasturida onlayin seminar tashkil etish belgilangan.

 

6. Paxtachilik seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti Jizzax ilmiy tajriba stansiyasi bilan tajriba almashinish, seleksiya va biotexnologik tajraiba ishlarini hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolangan.

 

7.  Don va dukkakli  ekinlar ilmiy tadqiqot instituti G‘allaorol ilmiy tekshirish stansiyasi bilan tajriba almashinish, seleksiya va biotexnologik tajraiba ishlarini hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolangan.

 

Top