MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

O‘zMU Jizzax filialida “14 yanvar – Vatan himoyachilar kuni” tantanali ravishda nishonlandi



O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Kim Vatanga sodiq bo‘lsa – mendirman o‘sha” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Jizzax viloyati boshqarmasi xodimlari harbiy texnika va qurol yarog‘ ko‘rgazmasi bilan ishtirok etdi.
Tadbir avvalida filialimiz direktori O.Turakulov hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Jizzax viloyati boshqarmasi katta leytinanti J.Nazarovlarning tabrik so‘zlari yig‘ilganlarda vatan himoyasiga daxldorlik hissini uyg‘otgan bo‘lsa, filialimiz iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar va kuy-qo‘shiqlar barchaga birdek ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. 
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan yagona maqsad yoshlarda yurtga sadoqat tuyg‘ularini kamolga yetkazish, ularni o‘z xalqiga  va Vataniga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarda mardlik, jasurlik, qat’iyat, kuch-g‘ayrat, intizom kabi qadriyatlarni mustahkamlashdan iboratdir. 

Vatanparvarlik oyligi doirasidagi tadbirlar  davom etmoqda.

 

Filial Axborot xizmati