MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

“Korrupsiyasiz soha”



2021-yilning 18-yanvar  sanasida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonuni va davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 27-maydagi PF-5729-son farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida filial o'quv va tarbiyaviy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari N.Rahimov va birinchi bosqich talabalari bilan davra suhbati o’tkazildi. 

Tadbir davomida talabalar korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish borasidagi tadbirlar, talabalarni ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish va turli mafkuraviy xurujlarga uchrab qolmasliklari va kredit – modul tizimi to‘g‘risidagi ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

 Uchrashuvda yoshlar tomonidan mavzularga oid berilgan savollarga direktor o'rinbosari tomonidan tegishli javoblar berildi.