MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

Filialda ota-onalar bilan uchrashuv tashkil etildi



2021-yil 24-fevral kuni O‘zMU Jizzax filialida ikkinchi bosqich talabalari ota-onalari bilan filial jamoasining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Filialimiz 2-bosqich talabalari kesimida belgilangan tartibda "Ota-onalar yigilishi"da filial ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Axatov, fakultetlar dekanlari N.Alimov, A.Boboyev, filial murabbiylar kengashi raisi I.Mamatqulova hamda 2-bosqich talabalarining ota-onalari ishtirok etishdi.

Ota-onalar yig‘ilishida kun tartibidagi filial odob-axloq qoidalari, talabalarning darsdagi ishtiroki, mobil telefonlardan filial hududida foydalanmaslik kabi masalalar ko‘rildi.

Tadbir davomida ota-onalar va filialning o‘zaro hamkorligi va unda bugungi kun talabi dorasida qo‘yilayotgan talablar haqida o‘zaro fikr almashildi. Shuningdek, Ota-onalarning farzandlarini ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi faoliyati, bilimi, baholashning reyting tizimi hamda fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichilari, tartib-intizomi, tarbiyasi, darslarga qatnashishi haqida gaplashib olindi. Ota-onalar taklif va mulohazalar bildirdi.

Tadbir so‘ngida namunali xulq-atvori, odob-axloqi, o‘zini tutishi, o‘qish va jamoat ishlarida faol qatnashishi, fakultet va guruh murabbiyi tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishi, fanlarning sir-asrorlarini o‘rganishga bo‘lgan intilishi bilan guruh talabalari orasida ajralib turgan bir qator talabalarning ota-onalariga shunday farzandni tarbiyalab voyaga yetkazayotgani uchun filial ma’muriyati o‘z tashakkurnomalarini topshirdi.

Filial Axborot xizmati

🏛 O‘zMU Jizzax filialining rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling @uzmujizzaxfiliali

jbnuu.uz||Facebook |Instagram |You tube