MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

"AQShda Oliy ta'lim tizimi hamda O‘zbekistonlik professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun imkoniyatlar"



O‘zbekiston Milliy Universitetining Jizzax filiali kichik faollar zalida "AQShda Oliy ta'lim tizimi hamda O‘zbekistonlik professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun imkoniyatlar" mavzusidagi onlayn seminar o'tkazildi.

Ushbu onlayn tadbirni hozirda Amerika Qo‘shma Shtatlari Pensilvaniya universitetida AQSHning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan Fulbright dasturi orqali ilmiy ishlar olib borayotgan yurtdoshimiz Shuhrat Eshonqulov o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi. Unda AQShda Oliy ta'lim tizimi hamda O‘zbekistonlik professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun almashinuv dasturlari haqida kerakli ma'lumotlar berildi.

Seminarda "Psixologiya" fakulteti dekani N.Alimov, Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchilari, "Filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tili" yo'nalishi talabalari shu bilan birgalikda JDPI, JizPI professor-o'qituvchilari ham ishtirok etishdi. 

Filial Axborot xizmati

🏛 O‘zMU Jizzax filialining rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling @uzmujizzaxfiliali

jbnuu.uz||Facebook |Instagram |You tube