MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

Bahorning ilk kuni 1 mart – atoqli shoira Zulfiyaxonim tavallud topgan kun



 Oʻzbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova 1915-yil 1-martda Toshkentning Oʻqchi mahallasida tugʻilgan. 

Zulfiyaning “Men ish qizi” nomli birinchi sheʼri 1931-yil 17-iyulda “Ishchi” gazetasida bosilib chiqdi. “Hayot varaqlari” nomli ilk toʻplami oʻn yetti yoshida nashr etildi (1932).

 U oʻttizdan ziyod sheʼriy va nasriy kitoblar muallifi. Zulfiya xalqaro „Javaharlal Neru“ (1968), „Nilufar“ (1971) mukofotlari hamda Hamza nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti (1970) laureati. Shuningdek, u Bolgariyaning „Kirill va Mefodiy“ (1972) ordeniga sazovor boʻlgan. Zulfiyaning oʻn beshga yaqin majmualari rus tilida chop etilgan. Uning asarlari ingliz, nemis, hind, bolgar, xitoy, koreys, arab, fors, tojik, arman, qirgʻiz, tatar, turkman, boshqird, ozarbayjon va boshqa tillarga tarjima qilingan. Shoira N. Nekrasov, M. Lermontov, Vera Inber, Lesya Ukrainka, Edi Ognetsvet, Marvarid Dilboziy, Amrita Pritam asarlarini oʻzbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.

Oʻzbekiston hukumati atoqli shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi katta xizmatlarini eʼtiborga olib, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etdi. Toshkentdagi koʻchalardan biriga uning nomi berilgan. Jizzax shahrida esa Hamid Olimjon va Zulfiyaga memorial yodgorlik o'rnatilgan.