MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

Filialimiz 1-bosqich talabalari kesimida belgilangan tartibda "Ota-onalar yig‘ilishi" bo‘lib o‘tdi



2021-yil 26-27-fevral kunlari O‘zMU Jizzax filiali "Psixologiya" hamda "Amaliy matematika" fakultetlari birinchi bosqich talabalari ota-onalari bilan filial jamoasining uchrashuvlari tashkil etildi.

Filialimiz 1-bosqich talabalari kesimida belgilangan tartibda "Ota-onalar yig‘ilishi"da fakultet dekani N.Alimov, filial murabbiylar kengashi raisi I.Mamatqulova, kafedra mudirlari, guruh murabbiylari hamda ota-onalar ishtirok etishdi. Shuningdek, "Amaliy matematika va informatika" kafedrasi o'qituvchisi J.Quvondiqov kretid-modul tizimi haqida ma'lumotlar berib o'tdi.

Tadbir davomida ota-onalar va filialning o‘zaro hamkorligi va unda bugungi kun talabi dorasida qo‘yilayotgan talablar haqida o‘zaro fikr almashildi.

Filial Axborot xizmati

🏛 O‘zMU Jizzax filialining rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling @uzmujizzaxfiliali

jbnuu.uz||Facebook |Instagram |You tube