MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

“Munozara” klubining navbatdagi oʻyini



2021-yil 1-mart kuni “Psixologiya” fakulteti qoshida tashkil etilgan “Munozara” klubining navbatdagi oʻyini boʻlib oʻtdi.

"Milliylik zamonaviylikdan afzalmi?" mavzusida boʻlib oʻtgan munozarada jamoa aʻzolari va hattoki tomoshabinlar ham qizgʻin munozaraga kirib ketishdi. Oʻyin jarayonida kuchli raqobat davomiyligi kuzatildi. Har ikkala jamoa ham oʻz pazitsiyalariga puxta tayyorgarlik koʻrishganligi oʻyin jarayonida oʻz tasdigʻini topdi.

Hamlar hay’ati kuzatuvida boʻlib oʻtgan oʻyin yakunlariga koʻra “Inkor” jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritib keying bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi.

Psixologiya” fakulteti qoshida tashkil etilgan “Munozara” klubining raisi Nodirabegim Umirzoqova boshchiligida olib borilgan ushbu oʻyin yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi.

 

Filial Axborot xizmati

🏛 O‘zMU Jizzax filialining rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling @uzmujizzaxfiliali

jbnuu.uz||Facebook |Instagram |You tube