MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

“Hozirgi kundagi biologiya fanidagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari”



Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali hamda Xitoy Fanlar Akademiyasi Kunming Botanika instituti ilmiy xodimi Phd Yusupov Ziyovuddin bilan hamkorlikda “Hozirgi kundagi biologiya fanidagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari” mavzusidagi onlayn seminar (Zoom dasturi orqali) o‘tkazildi.

Onlayn seminarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali “Tabiiy fanlar va iqtisodiyot kafedrasi” mudiri A.O‘ralov, tabiiy fanlar va iqtisodiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari va biotexnologiya yo‘nalishi talabalari hamda “Xalqaro hamkorlik” bo‘limi boshlig'i N.To'ychiyevalar ishtirok etishdi.

 Xitoy fanlar akademiyasi Kunming instituti ilmiy hodimi PhD Yusupov Ziyovuddinning “Hozirgi kundagi biologiya fanidagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari” mavzusida onlayn ma’ruza qildi. Shuningdek, onlayn seminar ishtirokchilarining ma’ruza bo‘yicha mutaxassis bilan savol-javoblari va mavzu muhokamasi bo'lib o'tdi.

 

 

Filial Axborot xizmati

🏛 O‘zMU Jizzax filialining rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling @uzmujizzaxfiliali

jbnuu.uz||Facebook |Instagram |You tube