MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida “Direktor va talabalar ochiq muloqoti” o‘tkazildi.



#uchrashuv

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida “Direktor va talabalar ochiq muloqoti” o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2023-yil 14-dekabrdagi 02/5-2731-sonli hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 16-dekabrddagi 3/15-2/5-2731-sonli xatlariga ko‘ra, respublika darajasidagi tashkilotlar tizimida, hududiy va mahalliy hokimliklar tomonidan yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusi yil rejalari muhokamasi yuzasidan an’anaviy “Yoshlar forumlari”ni tashkil etish belgilangan.

Yuqoridagi vazifalar ijrosi bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 16-dekabrdagi 3/15-2/5-2731-sonli xatining ilovasi bilan tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq joriy yilning 21-dekabr kuni Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida “Direktor va talabalar ochiq muloqoti” o‘tkazildi.

Oʻzbekiston Milliy universiteti  Jizzax filiali Matbuot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook| You tube | Jbnuu.uz