MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

"Yoshlar akademiyasi" faoliyati bilan tanishtirish



#23fev

🟥 Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining "Yoshlar akademiyasi" faoliyati bilan tanishtirish, Oliy ta'lim muassasasi talabalarini Yoshlar akademiyasida a'zoligiga qabul qilish va Oliy ta'lim muassasasiga saylangan liderlar faoliyatini tahlil qilish maqsadida 2024-yil 23-fevral kuni filialning iqtidorli talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

🟥 Uchrashuvga Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi shuba mudiri Sur'at Isomiddinov hamda Yoshlar akademiyasi Jizzax viloyati lideri Ilyos Toliboyevlar tashrif buyurib akademiya faoliyati, akademiya a'zolariga yaratilayotgan imtiyozlar haqida ma'lumot berishdi.

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Matbuot xizmati

✅ Telegram 🧊Instagram 💬 Facebook

🎬You tube 🌍Jbnuu.uz 📞 Sarvar Suvonov