MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida ''Zulfiya'' mukofoti sovrindorini kutib olish marosimi hamda uchrashuv tashkil etildi.



#9mart

🟥 Bugun Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida ''Zulfiya'' mukofoti sovrindorini kutib olish marosimi hamda uchrashuv tashkil etildi.

🟥 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Psixologiya fakulteti 3-bosqich talabasi Xojiboqiyeva Niginaxon O‘tkir qizi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

🟥 Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

🟥 Uchrashuvda Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali direktori so'zga chiqib talabamizning erishgan yutuqlari bilan tabrikladilar.

🟥 Uchrashuv yakunida talabamizga filial nomidan estalik sovg'alari topshirildi.

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Matbuot xizmati

✅ Telegram 🧊Instagram 💬 Facebook

🎬You tube 🌍Jbnuu.uz 📞 Sarvar Suvonov