MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

“Olam nurga to'lsin sen bilan Navro'z”



💥#26mart

💥 “Olam nurga to'lsin sen bilan Navro'z”

🧊 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Olam nurga to'lsin sen bilan Navro'z” shiori ostidagi bayram sayli bo‘lib o‘tdi.

🧊 Xalqimiz uchun tabiat uyg‘onishi, sharqona yangi yilning boshlanishi, asl milliy, eng ardoqli bayram bo‘lmish Navro‘z ayyomini yurtimizning barcha hudud va mintaqalarida har tomonlama chuqur tayyorgarlik bilan kutib olish va nishonlash ezgu, bir so‘z bilan aytganda, tabiiy an’anaga aylanib qolgan.

🧊 Filialimizda har yili Navro'z bayramini ko'tarinki kayfiyatda nishonlash an'anaga aylangan bu yil ham filialimizda Navro'z sayli munosabati bilan Psixologiya fakulteti tomonidan dasturxonlar bezatildi,sport musobaqalari o'tkazildi.

🧊 Bayram saylining ikkinchi qismida konsert dasturi bo'lib o'tdi.Unda ushbu Navro'z bayrami munosabati bilan o'tkazilgan musobaqalarda faxrli o'rinlarni qo'lga kiritilgan talabalar pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

🧊 Undan so'ng Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati kengashi tomonidan filialimizda yoshlarga yaratilgan keng imkoniyatlar hamda samarali hamkorlik uchun filialimizga tashakkurnoma va estalik sovg'alarini taqdim etdilar.

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Matbuot xizmati

✅ Telegram 🧊Instagram 💬 Facebook

🎬You tube 🌍Jbnuu.uz 📞 Sarvar Suvonov