MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

“Xalqaro qushlar kuni” ga bag'ishlangan tadbir tashkil etildi.



#2aprel

🟥Bugun Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida Amaliy matematika fakultetining ''Biotexnologiya'' kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan 30-mart kuni respublikamizda “Chiqindisiz dunyo uchun xalqaro kuni” hamda 1-aprel “Xalqaro qushlar kuni” ga bag'ishlangan tadbir tashkil etildi.

🟥 Tadbirda “Oʻzbekiston yoshlari chiqindisiz dunyo uchun” mavzusida plogging aksiyasi tashkil etildi. Undan so'ng O'zbekiston Respublikasi Qizil Kitobiga kiritilgan qushlar muhofazasi bo'yicha talaba yoshlarga amaliy va nazariy ma'lumotlar berib o'tildi.

🟥Unda O‘zbekiston ornitofaunasida qushlarning 22 turkumga oid 470 dan ortiq turi mavjudligi, ularda 51 turdagi qushlar Respublika Qizil kitobiga kiritilganligi xususida so‘z bordi.

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Matbuot xizmati

✅ Telegram 🧊Instagram 💬 Facebook

🎬You tube 🌍Jbnuu.uz 📞 Sarvar Suvonov