MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialiga tashrif buyurdi va filial faoliyati bilan tanishdi.



#7aprel ⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️

💥Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialiga tashrif buyurdi va filial faoliyati bilan tanishdi.

🟥Dastlab filialni rivojlantirish strategiyasi va istiqbolli rejalar taqdimoti oʻtkazildi. Vazir talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, taʼlim sifatini oshirish borasidagi tashabbuslar, oʻquv auditoriyalarning holati va talabalar turar joyida istiqomad qiluvchi talabalar tomonidan yaratilgan amaliy sanʼat namunalari koʻrgazmasi bilan tanishdi.

🟥Q.Sharipov filialda amalga oshirilayotgan va oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarning taqdimoti bilan tanishdi. Talabalar uchun qurilayotgan 1000 oʻrinli zamonaviy o'quv binosi hamda Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida tashkil etiladigan “Yosh biotexnologlar” loyihasiga vazir eʼtibor qaratdi. Mazkur loyihalarni amalga oshirish boʻyicha vazir oʻz taklif va tavsiyalarini berib o'tdi.

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Matbuot xizmati

✅ Telegram 🧊Instagram 💬 Facebook

🎬You tube 🌍Jbnuu.uz 📞 Sarvar Suvonov