Asosiy menyu

49 10.10.2020

2020 YIL 12 VA 15 OKTABR KUNLARI O‘ZBEK-QOZON QO‘SHMA TA’LIM DASTURI TEST SINOVLARI O'TKAZILADI

2020 YIL 12 VA 15 OKTABR KUNLARI O‘ZBEK-QOZON QO‘SHMA TA’LIM DASTURI TEST SINOVLARI O'TKAZILADI

2020-2021 o‘quv yili uchun Rossiya Federasiyasi Qozon Federal Universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilganO‘zbek-Qozon qo‘shma ta’lim dasturi “5210200 - Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)” yo‘nalishiga test sinovlari 2020 yil 12 va 15 oktyabr kunlari Qozon Federal universiteti Qabul komissiyasi tomonidan test sinovlari onlayn tarzda O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialining ARM va kompyuter xonalarida o‘tkaziladi. 
Test sinovlarini onlayn shaklda tashkil etiladi va ularni baholash Qozon Federal Universiteti tomonidan amalga oshiriladi. Kirish imtihonlarini o‘tkazish hamda test natijalarini baholash mezonlari Qozon Federal Universiteti tomonidan umumiy fanlar dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi. Abituriyentlar  rus tili va bioligiya fanlariidan test sinovlarini topshirishadi. Test sinovlarining ochiqligi va shaffofligini videokuzatuvlar orqali namoyish etilgan holda ta’minlanadi. Imtihon jarayonini tashkil etish va o‘tkazish koronavirus pandemiyasi sababli karantin sharoitlarini va talablarini e’tiborga olgan holda tashkil etiladi.
Test sinovlari 2020 yil 12 oktyabr kuni soat 11:00 da rus tilidan, 15 oktyabr kuni soat 11:00 da bioligiya fanlaridan bo‘lib o‘tadi. Abituriyentlar pasport bilan test sinovlariga kiritiladi.
Eslatma. Test sinovlariga tana harorati yuqori bo‘lgan abituriyentlar kiritilmaydi. Test sinovlariga filial binosiga kechikmasdan kelishingizni so‘raymiz.

Top