Asosiy menyu

50 16.11.2020

O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALIDA AN’ANAVIY TA’LIM BOSHLANDI

O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALIDA AN’ANAVIY TA’LIM BOSHLANDI

O'zMU Jizzax filiali 1-bosqich talabalari uchun 2020 yil 16 noyabr kunidan boshlab an’anaviy darslar boshlandi.

Filialning barcha talabalari bosqichma-bosqich an’anaviy darslarga jalb qilinishi rejalashtirilmoqdi. Filial tomonidan ishlab chiqilgan reja-grafikga muvofiq talabalar an’anaviy darslarni boshlashi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

-2020-yil 16-noyabrdan - 1-kurs talabalari uchun;
-2021-yil 4-yanvardan - 2-kurs talabalari uchun.

Hozirda, filial ma’muriyati tomonidan an’anaviy shaklda darslarni boshlash uchun barcha tayyorgarlik ko’rildi. O’quv binolarini pirometr, dozator va antiseptik vositalar bilan ta’minlandi. 

Shu o’rinda, Siz talabalar va ota-onalardan quyidagilarga alohida e’tibor qaratishingizni so’raymiz:
- an’anaviy ta’lim boshlangach filial hududiga tibbiy niqobsiz kiritilmaydi;
- tana harorati 37 darajadan ortiq bo’lgan talabalar ham binolarga kiritilmaydi;
- talabalar o’zlari bilan qo’lni tozalovchi antiseptik vositalarni olib yurishlari tavsiya etiladi;
- filial hududida qo’l berib, quchoqlashib, o’pishib ko’rishish qat’iyan taqiqlanadi;
- o’zaro muloqotda oraliq masofani saqlash talab etiladi.

An’anaviy ta’lim bilan bog’liq bo’lgan batafsil ma’lumotlarni faqatgina fakultetlar dekanatlari orqali olishingiz mumkin.

Top