Asosiy menyu

38 18.11.2020

“Bayrog‘im-g‘ururim”

“Bayrog‘im-g‘ururim”

Bugun Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan Jizzax viloyat oliy ta’lim mussasalari talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan “Bayrog‘im-g‘ururim” shiori ostida viktorina o‘tkazildi.

 Viktorinada Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti  Jizzax filialining talabalar jamoasi ishtirok  etib, faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

 Tanlovda “Psixologiya” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Toshboyev boshchiligida ishtirok etgan Oila psixologiyasi yo‘nalishi 2-bosqich talabalari Asrorova Sayyora, Abdumalikov Jamshid, Nabiyev Shaxzod va Nurmatov Xasanlarni ushbu g‘alabalari bilan qutlaymiz!

Ushbu tanlov Jizzax viloyat OAVlarida keng yoritildi. 
Tanlov “JIZZAX MTRK” kanali kechki dasturlarida efirga uzatiladi. 

 

Top