DOKTORANTURA

Doktorantura va mustaqil tadqiqotchilar

Oliy ta'limdan keyingi ta`lim institutlariga kiruvchi talabgorlarga qo`yiladigan talablar
 
Tayanch doktoranturaga va doktoranturaga qabul qilish OTM yoki ITMlari tashkil etadigan qabul komissiyalar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tanlov asosida amalga oshiriladi.
 
Tayanch doktoranturada o`qishga talabgorlarni tanlab olish kirish imtihonlari natijalariga ko`ra, doktoranturaga esa - suhbat natijalariga ko`ra amalga oshiriladi.
Mustaqil izlanuvchilik institutiga rasmiylashtirish suhbat natijalariga ko`ra amalga oshiriladi.
 
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayanch doktoranturaga kiruvchi yoki mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtiriluvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
magistr darajasi yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun),yoki oliy ma`lumot (mutaxassislik dasturlari bo`yicha) to`g`risidagi diplomga ega bo`lish;
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo`lgan muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan, ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlarda, tegishli ilmiy yo`nalishlar bo`yicha ilmiy ishlar to`plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo`lish;
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka ikki yildan kam bo`lmagan ilmiy-pedagogik stajga yoki aniq ilmiy yutuqqa (ixtiroga patent yoki mualliflik guvohnomasi) ega bo`lgan shaxslar rasmiylashtiriladi.
 
Tayanch doktoranturada o`qishga talabgorlar OTM yoki ITMga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
 
  • ariza;
  • qisqacha biografik ma`lumotnoma;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • oliy ta`lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik (tibbiyot fanlari uchun), oliy ma`lumot (mutaxassislik dasturlari bo`yicha) to`g`risidagi diplom nusxasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar ro`yxati, shuningdek ularning nusxalari.
  • O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
 
Doktoranturaga quyidagilarga ega bo`lganlar qabul qilinadi:
 
  • Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktoranturaga kiruvchi yoki mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtiriluvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
  • fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan ilmiy darajalar;
  • fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgandan so`ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo`lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo`nalishlar bo`yicha ilmiy ishlar to`plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo`lish.
 
Doktoranturada o`qishga talabgorlar OTM yoki ITMga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
 
  • ariza;
  • qisqacha biografik ma`lumotnoma;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • oliy ma`lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo`lganligi to`g`risidagi diplom nusxasi;
  • tadqiqot mavzusi bo`yicha ilmiy ma`ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar ro`yxati, shuningdek ularning nusxalari.
 
Mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan OTM yoki ITMga murojaat qiladi:
 
  • qisqacha biografik ma`lumotnoma;
  • falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) yoki oliy ma`lumot (mutaxassislik dasturi bo`yicha) to`g`risidagi diplom nusxasi;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
  • ilmiy ishlar ro`yxati va ularning nusxasi;
  • fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
  • ish joyidan tavsifnoma.

Doktorantura nizomi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 304-son qarori

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 937-son qarori

 

 

 

  Ixtisosliklar shifri va nomi Tayanch doktorantlar soni Stajyor-tadqiqotchi soni
1. 05.01.02 - Tizimli tahlil, boshqaruv, axborotlarni qayta ishlash 1 1
2. 05.01.04-Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta'minoti 1 -
3. 13.00.05-Kasb-hunar  ta'lim nazariyasi va metodikasi (Pedogogika fanlari) 1 1
Top