“AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA” KAFEDRASI

Qayumov Oybek Achilovich

Qabul vaqti: Dushanba, Chorshanba, Juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 ghacha.

Telefon raqam: 94 573 31 83

Elektron pochta: oybekuzonlined3@mail.ru

Manzil: Jizzax shaxri, Sh.Rashidov shox koʼchasi 259.

 Kafedra faoliyatida asosiy vazifalar:

·     Oʻzining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish;

   Mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonunga muvofiq boʻlgan farmoyishlari va koʻrsatmalarini oʻz vaqtida hamda sifatli bajarish;

   Muassasaning mol-mulkiga avaylab munosabatda boʻlish va undan oqilona foydalanish;

   Muassasa jamoasining aʼzolari va ish jarayonida aloqa qiladigan boshqa shaxslar bilan xushfeʼl munosabatda boʻlish, kiyinish madaniyatiga rioya etish;

   Muassasa miqyosida kafedra faoliyatiga taʼluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etish;

   Kafedra ish rejasi, professor-oʻqituvchi va xodimlarining shaxsiy ish rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlash;

   Kafedra pedagog xodimlariga oʻquv yuklamalarini taqsimlash hamda ularning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish;

   Kafedraga pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilinishini taʼminlash, ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish, shuningdek, intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida OTM rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritish;

   Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti Jizzax filialining tegishli xizmat boʻlinmalaridan oʻquv-tarbiyaviy va ilmiy-tadqiqot jarayonini talab darajasida oʻtkazish uchun zarur boʻlgan sharoitlarni taʻminlashni talab etish;

   Belgilangan tartib va muddatlarda oʻquv yilidagi faoliyati boʻyicha kafedra hisobotini tayyorlash, Ilmiy kengash majlislarida hisobot berish;

   Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini taʼlim, fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini taʼminlash;

   Kafedra oʻqituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi oʻquv, ilmiy-uslubiy, ilmiy tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini koʻrib chiqish, tajribali oʻqituvchilar faoliyatini oʻrganish, umumlashtirish, ilgʻor tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;

   Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishni boshlagan yosh oʻqituvchilarga pedagogik malaka va koʻnikmalarni egallashda yordam berish, axborot baʼzasini yaratish, oʻquv mashgʻulotlarida zamonaviy oʻquv-texnika vositalaridan, yakka tartibda oʻqitish va mustaqil taʼlim olish uslublaridan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish, oʻqitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus oʻquv auditoriyalarda tashkil qilish boʼyicha takliflar kiritish, masofali oʻqitish elementlarini rivojlantirish ishlarini amalga oshirish;

   Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar boʻyicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini ilmiy seminarlarda muhokama qilish, taʼlim hujjatlarining meʼyor talablariga javob berishini belgilash boʻyicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;

   Bitiruvchilarni ishga taqsimlash, bitiruv-malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyasining mavzularini shakllantirish, byudjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam koʻrsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xoʼjaliklar bilan aloqa oʼrnatish;

   Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti Jizzax filiali (OTMlar) va mazkur kafedrada stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;

   Kafedra ixtisosligi boʻyicha mutaxassislar malakasini oshirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar oʻtkazish, taʼlim xizmati koʻrsatish tizimini rivojlantirish;

   Talabalarning qiziqishlarini eʼtiborga olgan holda turli mavzular, yoʻnalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari boʻyicha toʻgaraklar tashkil qilish, talabalarni darsdan boʻsh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;

   Kafedrada oʻqitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini toʻliq va sifatli oʻtkazilishini taʼminlash hamda kafedra laboratoriyalarini zamonaviy uskuna, qurilma va jihozlar bilan taʼminlanishiga homiylarni keng jalb etish;

   Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti Jizzax filialining axborot-resurs markazini kafedra taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi oʻquv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz toʻldirib borilishini va yangilanishini doimiy nazorat qilish;

   Oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofiq tuzilgan oʻquv rejalardagi fanlar boʻyicha belgilangan mashgʻulot turlarini yuksak nazariy, ilmiyuslubiy va kasbiy darajada oʻtkazish, taʼlim sifatini taʼminlash;

   Talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari, shuningdek mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

   Talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish boʼyicha tadbirlar oʼtkazish;

   Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak maʼnaviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;

   Kafedra fanlari boʻyicha oʻquv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan oʻquv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;

   Darslik, oʻquv, uslubiy va koʻrgazmali qoʻllanmalarni tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, oʻquv qoʻllanma va oʻquv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;

   Kafedra yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha DTS, oʻquv rejalari va dasturlarining rivojlangan xorijiy mamlakatlar taʼlim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;

   Iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan “Isteʼdod” jamgʼarmasi va davlat grantlari tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish boʼyicha choralar koʼrish;

   Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa boʻlib bajarishga oʻrgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini roʻyobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shartsharoitlarni yaratish;

   Mehnat qonunchiligida belgilangan boshqa majburiyatlar va huquqlardan foydalanish;

·     Elchixonalar, chet el tashkilotlari hamda chet mamlakatlar vakillari ishtiroki bilan oʻtkaziladigan tadbirlarni yuqori tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda xalqaro aloqalar Kengashi qarori bilan yoki istisno tariqasida rektor farmoyishi asosida yuqori tashkilotlar orqali amalga oshirish.

Top