“O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI” KAFEDRASI

Jabbarov Ulug‘bek Abdurahmanovich

Qabul vaqti: Dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.

Telefon: (90) 338-15-15

Elektron pochta: jabborov_ulugbek@mail.ru

Manzil: Jizzax shaxri, SH.Rashidov shox ko‘chasi 259.

 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 22-iyul kungi “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali tuzulmasi” haqidagi tasdig‘iga binoan, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali, Psixologiya fakultetida “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tashkil etildi. Ushbu kafedraning ilk kafedra mudiri sifatida U. Jabbarov faoliyat boshladi. Hozirgi vaqtda kafedrada 20 nafar professor-o‘qituvchilar talaba yoshlarga o‘z bilim va ko‘nikmalarini ulashmoqdalar. Kafedra professor-o‘qituvchilari doimiy ravishda mintaqaviy malaka oshirish markazlarida o’z malakalarini oshirib kelmoqdalar va olgan bilim va ko’nikmalarini amaliy mashg‘ulot darslarida qo‘llashmoqda. Jumladan, ushbu kafedra professor-o‘qituvchilari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiton davlat jahon tillar unversiteti, Toshkent davlt pedagogika universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Jizzax politexnika instituti, Samarqand davlat universtiteti, Samarqand chet tillar instituti, Guliston davlat universtiteti professor-o‘qituvchlari bilan doimiy aloqada bo‘lib,  ular bilan hamkorlikda ko‘plab ilmiy maqolalar tayyorlab, turli mavzularda o‘tkaziladigan respublika ilmiy seminar va konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda. Ularning ilmiy maqolalari hamkorlikda nashr etilgan viloyat, respublika to‘plamlarida chop etilib kelinmoqda. Bundan tashqari kafedra professor-oqituvchilari doimiy ravishda xalqaro ilmiy jurnallarda (“Web of Science”, “Scopus” va boshqa xalqaro e’tirof etilgan bazalarga kiritilgan jurnallarda) ko’plab ilmiy maqolalar chop etib kelmoqdalar.

Kafedra faoliyatida asosiy vazifalar:

- barcha o‘quv shakllari bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalaridagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;

- talabalarning mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

- talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

- rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;

- kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;

- darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;

- kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha DTS, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;

- iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan “El-yurt umidi” jamg‘armasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish;

- talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;

- tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;

- kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish va ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;

- zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarida tashkil qilish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish;

- ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;

- kafedra ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazish, ta’lim jarayonini rivojlantirish;

- xorijiy ta’lim muassasalari bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

- talabalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilish, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;

- filial axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borish va yangilanishini doimiy nazorot qilish.

Top