Yoshlar bilan ishlash Ma'naviyat va Ma'rifat bo'limi

 

 

Lavozimi :

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i

Telefon :  
   
Qabul vaqti

Dushanba-shanba 15:00-16:00

Ma‘naviy-ma‘rifiy va tarbiya ishning asosiy yo‘nalishlari:

– Talabalarni Milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining xaqiqiy fuqarolari etib shakllantirish;

– Vatan oldidagi fuqarolik va farzandlik vazifalarini sidqidildan bajarishga tayyorlash;

– talabalarda kasb xunarni mukammal egallash mas’uliyatni oshirish;

– talabaning shaxs sifatidagi, o'ziga xos individual fazilatlarni shakllantirish va takomillashtirish;

– talabalarni ijtimoiy faollik, tashabuskorlik, o'qishga va kasbga bo'lgan hurmat va ijtimoiy mas'ullik hissini keng targ‘ib qilish;

– talabalar ijtimoiy-siyosiy va huquqiy ongini rivojlantirish, ularda tanqidiy va taxliliy fikrlash ko‘nikmalarni kengaytirish;

– talaba yoshlarga salbiy illatlar: adolatsizlik, ta'magirlik, mahalliychilikning salbiy oqibatlarini anglatish;

– talaba yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqishlari asosida ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish;

– manzillashgan ma'naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirib borish.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining asosiy vazifalari:

mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni talaba yoshlar orasida keng targ‘ib etish;

- talaba-yoshlar orasida axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, badiiy tarbiyani shakllantirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;

- milliy urf-odatlar, qadriyatlarni targ‘ibotiga bag‘ishlangan anjumanlar, davra suxbatlari va uchrashuvlarni tashkil etish;

- talabalarning ma‘naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish ishlarini takomillashtirishga ko‘maklashish;

- filialda ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, bu borada zarur me‘yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va uni amalga oshirilishini ta’minlash;

- diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida talaba yoshlar orasida mafkuraviy immunitetni qaror toptirish;

- yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarishga ko‘maklashish

- yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish;

- yoshlar ma'naviyatini oshirish, ular orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish;

- talaba qizlarni kasb-hunarlar egallashlariga ko'maklashish ishlarini tizimli tashkil etish;

- Respublika Ma'naviyat va ma’rifat markazining shahar, tuman bo‘limlari hamda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan jamg‘armalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda faol ishtirok etishdan iborat.

Filifaldagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni bevosita O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

Top