Monitoring va ichki nazorat sektori

Xoltosheva Madina Tojiboyevna

Xoltosheva Madina Tojiboyevna

Lavozimi :

Monitoring va ichki nazorat bo‘limi uslubchisi

Telefon :

(97) 328-25-79

E-mail

xoltosheva@mail.ru

Qabul vaqti

Dushanba, payshanba 14:00 dan 16:00 gacha

Monitoring va ichki nazorat bo‘limi vazifalari:

• Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishini, o‘quv-ta’lim jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Oliy ta’lim sohasiga oid qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy hujjatlari va uslubiy ko‘rsatmalarining ijro etilishini o‘z vaqtida nazorat va tahlil etish va istiqbolli rejalarni ishlab chiqish;

• Filialning fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at qarorlari, buyruq va modemnomalari, filial ichki buyruqlari va ilmiy kengash qarorlari va ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjatlarning bajarilishini;

•Filial professor-o‘qituvchilar va o‘quv-yordamchi xodimlar tarkibi ichki inspeksiyasini tashkil qilish va o‘tkazish;

• Kadrlar tayyorlash sifati va ta’lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlik darajasiga nisbatan qo‘yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta’lim standartlariga va boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qilinish nazoratini va monitoringini olib borish;

• Filialda ta’lim standartlariga joriy etish masalalari bo‘yicha filiallar, fakultetlar va boshqa tarkibiy bo‘linmalarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;

• Filialni boshqarish organlariga ta’lim jarayonini isloh qilish  va takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash;

• Filial bo‘yicha buyruqlar ijrosi nazoratini olib borish;

• Filialda o‘quv jarayonini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha bo‘linmalarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;

• Professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarining tadbiq etilishini amalga oshirishda ishtirok etish;

• Filialda ta’lim standartlariga hamda ta’limga oid me’yoriy hujjatlariga amal qilinishini tekshirish;

• Filialda bo‘ladigan barcha turdagi kengash ishlarida ishtirok etish;

• Filial faoliyati bo'yicha fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalardan o‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli hujjatlarni talab qilish va masalaga oid mutaxassislarni jalb qilish;

•Kurs loyihasi (ishlari)ni, bitiruv malakaviy ishlarni hamda magistrlik dissertatsiyasinihimoya qilish, davlat attestatsiyalarining o‘tkazilishini hamda barcha turdagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni ko‘rib chiqish;

• O‘z huquqi doirasidagi masalalarni joylarda o‘rganish uchun belgilangan tartibda filialning malakaviy professor-o‘qituvchilari va xodimlarni jalb qilgan holda guruhlar tuzish;

• Filialning ta’lim sohasida ilg‘or tajribalarini o‘rganadi, umumlashtiradi va ularni ommalashtirishga tavsiyalar beradi. Professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarini va mezonlarini ishlab chiqadi hamda tadbiq etilishini bo‘lim xodimlari hamda vaqtinchalik tuzilgan ishchi guruh bilan birgalikda amalga oshiradi. Nazorat natijalari hamda ko‘rsatilgan kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflarni filial rahbariyatiga taqdim etish;

•Filialda ta’lim standartlari monitoringini tashkil qilish masalalari bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi. Filialda ta’limning holati va rivojlanishi haqida ma’lumotlar bankini tashkil qiladi va tartibga solib turadi. Talabalar bilimini reyting tizimi asosida xolis va adolatli baholanishini nazorat qiladi. Zarur hollarda yakuniy nazoratdan keyingi fanlar bo‘yicha ekspertlar bilan birgalikda qo‘shimcha sinovlar o‘tkazadi. Filialda va unga tegishli (fakultetlar, kafedralar, va boshqa tarkibiy bo‘linmalar) ta’lim standartlariga hamda ta’limga oid me’yoriy hujjatlarga amal qilinishini tekshiradi. Kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash maqsadida kurs loyihasi (ishlar)ni, bitiruv malakaviy ishlarni hamda magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish, dalat attestatsiyalarining o‘tkazilishini, barcha turdagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni nazorat qilish;

•Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialda kirim hujjatlarni ijrochilarga etkazish, ularning ijrosini belgilangan muddatlarda sifatli ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvadagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli qarori, 1999 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan 2009 yil 28 avgustda 11-10-son bilan tasdiqlangan “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralari, ho‘jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlarni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish Tartibi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 8 sentyabrdagi 309-sonli va 2010 yil 21 maydagi 192-sonli buyruqlari asosida ishlab chiqilib, universitet direktori tomonidan tasdiqlangan “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitet Jizzax filialida ish yuritish va hujjatlar ijrosi nazoratini tashkil qilish bo‘yicha yo‘riqnomasi”ga asosan olib boriladi.

•O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan va adolatli bajarish.

Top