Xodimlar bo'limi

Hafizov Erkin Alimboy o‘g‘li

Hafizov Erkin Alimboy o‘g‘li

Lavozimi :

Kadrlar bo‘limi inspektori

Telefon :

(93) 613-15-91

E-mail

h.erkin05071691@gmail.com

Qabul vaqti

Dushanba , рayshanba 14:00 dan 16:00 gacha

Kadrlar bo‘limi inspektori vazifalari:

  • Bо‘limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
  • Bо‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
  • Bо‘lim maqsadidan kelib chiqib ta’lim muassasasida mutasaddi bо‘lgan bо‘limlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • О‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta’lim tо‘g‘risidagi Qonun, О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, farmoyish, buyruqlari, yо‘riq xatlari hamda kadrlar masalasiga oid filial buyruqlarining fakul’tet, kafedra, bо‘limlarda bajarilishini ta’minlash;
  • О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi va boshqa hisobot talab qiluvchi tashkilotlarga kadrlar masalasi bо‘yicha hisobotlar tayyorlashni ta’minlash;
  • Belgilangan hujjatlar asosida, о‘rnatilgan tartibda filial bо‘limlari, fakul’tetlar, kafedralarni malakali yetuk kadrlar bilan ta’minlash;
  • Kadrlardan joylarda unumli foydalanishni ta’minlash va ularni hisobini yuritish;
  • Kadrlar masalalarini tahlil qilish va tegishli takliflar berib borish;
  • Boshqa bо‘lim boshliqlari bilan birgalikda kadrlar masalasiga oid hujjatlarni rasmiylashtirish;
  • Filialda ishlayotgan professor-о‘qituvchi, assistent va boshqa xodimlar, bakalavriat bо‘yicha tahsil olayotgan talabalarning shaxsiy hujjatlarini saqlanishini ta’minlash;
  • Professor-о‘qituvchi va assistentlarning tanlovdan о‘tish vaqtini aniqlab ilmiy kotib tomonidan axborot tayyorlanishida kо‘maklashish va nazorat qilish;
  • Filial xodimlariga guvohnomalar va ma’lumotlar tayyorlashni tashkil etish;
  • Xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bо‘shatish, lavozim о‘zgarishlari bо‘yicha buyruqlar loyihasini tayyorlash va rahbariyatga kiritish;
  • О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligidan olinadigan diplom blankalarini saqlanishi va yuritilishini nazoratga olish;
  • Fakul’tet dekanlari tomonidan tayyorlanadigan buyruqlarni rо‘yxatga olinishini nazorat qilish;
  • Filial devonxonasi va arxivi tomonidan hujjatlar bilan tо‘g‘ri ishlashi ustidan tegishli nazorat olib borish;
  • Xodimlar tomonidan mehnat intizomi va filial ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish;
  • Filial rahbariyati kо‘rsatmasi va tegishli meyoriy hujjatlar asosida о‘rnatilgan tartibda xodimlar va ta’lim oluvchilarni moddiy rag‘batlantirilishi tо‘g‘risidagi buyruqlar rasmiylashtirilishini ta’minlash;
  • Kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda xodimlarning mehnat intizomini buzgani, filial ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilmagani tufayli tegishli intizomiy jazo choralarini qо‘llash yuzasidan takliflar kiritish, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish;
  • Xodimlar bо‘limi nazoratchilariga yuklatilgan vazifalarini о‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
  • Talabalar bilan ishlash bо‘limida mavjud bо‘lgan shaxsiy hujjatlar va har bir talabaga ochilgan talabalik kartochkalar harakatini nazorat qilish;
  • Fakul’tet dekanlari tomonidan talabalar masalasiga oid tayyorlangan buyruqlarni kelishilgan holda imzolash;
  • Xodimlar bо‘limi tomonidan tayyorlanadigan barcha hisobotlarni о‘z vaqtida topshirilishini ta’minlash va nazoratga olish;
  • Ishdan bо‘shatilgan xodimlarning va о‘qishni tugatgan talabalarning shaxsiy hujjatlarini arxivga о‘z vaqtida topshirilishini nazorat qilish;
  • Har yili qabul komissiyasi tomonidan о‘qishga qabul qilingan 1-kurs (bakalavr) talabalari oliy ta’limga qabul qilinganlarning shaxsiy hujjatlarini talabalar bо‘limi tomonidan qabul qilinishini nazorat qilish;
  • О‘zining xizmat vazifalarini vijdonan va adolatli bajarish.
Top