Axborot xizmati bo'limi

 

Matbuot kotibi

Ochilov Azizbek Shuxrat o‘g‘li

Tel: +99893 305 20 76

e-mail: azizbekochilov@umail.uz

Qabul kuni: Dushanbadan- jumagacha soat 9:00 dan 16:00 gacha

 

Matbuot kotibining asosiy vazifalari

 

·       Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va filial rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;

·       Axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash;

·       Keng jamoatchilikni filialning faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;

·       Ommaviy axborot vositalari (keyingi o‘rinlarda OAV deb ataladi) bilan o‘zaro hamkorlik qilish, doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini (matbuot uchun axborotlar, byulletenlar va shu kabilarni) tarqatish, ommaviy tadbirlarni tashkil etish;

·       Filialning rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va o‘z vaqtida yangilab borish, internet tarmog‘idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;

·       Axborot maydoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, ularga munosabat bildirishning turlari, usullari va darajasi bo‘yicha ekspertlar bilan birgalikda takliflar tayyorlash, OAV, shu jumladan, internet tarmog‘ida materiallar tarqatish bo‘yicha kompleks ishlarni tashkil etish;

·       Filialning boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

·       Idora faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda milliy va xorijiy OAV pozitsiyasini tahlil qilish va ular to‘g‘risida filial direktoriga axborot berish;

·       Filialning faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish.

Top