Sektor faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
• Filial fakultet va kafedralari va bo‘limlarida rejalashtirilgan ilmiy tadqiqot ishlarining yillik va istiqbol rejalarini tuzish, ularni bajarilishini tashkillashtirish, tegishli amaliy-uslubiy yordamlar ko‘rsatish, o‘rnatilgan tartiblar asosida hisobotlar tayyorlanishini nazorat qilish.
• Doktorantura (DSc) va tayanch doktorantura (PhD)ga qabul qilish, fakultet va kafedralarning ilmiy darajali kadrlar bilan ta’minlash strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish.
• Filial olimlarini chet el va davlat grantlari, xo‘jalik shartnomalari asosidagi tadqiqotlarga jalb etish, kafedralar yaratilayotgan ilmiy ishlanmalarni xalq xo‘jaligiga tadbiq etilishi, innovatsion hamkorlik ishlari va yarmarkalarga faol ishtirok etishini ta’minlash.
• Filial bazasida professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalar ishtirokida xalqaro, respublika va mahalliy miqyosdagi ilmiy konferensiya va seminarlar o‘tkazish rejalarini ishlab chiqish va ularning yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash.
• Fakultet va kafedralarda talabalar ilmiy to‘garaklari, yosh olimlar va talabalar ilmiy jamiyatlarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish, ularning samarali faoliyat yuritishini tashkil qilish. Yosh olimlar va iqtidorli talabalarni mablag‘li ilmiy ishlarga jalb qilinishini muvofiqlashtirish.
• Yosh olimlar, iqtidorli talabalar va magistrantlarning fan olimpiadalari, stipendiya tanlovlari va boshqa turli ilmiy tanlovlarda faol ishtirokini ta’minlash hamda ularni bu jarayonga maqsadli tayyorlashni tashkillashtirish. Iqtidorli yoshlarni fan olimpiadalari, Prezident nomidagi va atoqli shaxslar nomidagi stipendiyalarga tayyorlash va ularni faol ishtirokini ta’minlash.
• Ilmiy tadqiqot ishlari natijalariga ko‘ra monografiya, maqola va konferensiya materiallarini nashr qilish rejasini ishlab chiqish va bajarilishini ta’minlash.
• Kafedralarda “Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning innovatsion korporativ hamkorligi” sohasida olib borilayotgan ishlar monitoringini olib borish.