Fuqaro va mehnat muhofazasi bo'limi

Dusanov Sarvar Xolmuminovich

Dusanov Sarvar Xolmuminovich

Lavozimi :

Fuqaro va mehnat muhofazasi muhandisi

Telefon :

+99893-298-99-99

E-mail

sarvarbek0789@umail.uz

Qabul vaqti

 

Mehnatni muhofaza qilish va fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari:

1. Mehnatning sog‘lom va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va takomillashtirish.

2. Sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoiti hamda  o‘quv - tarbiya jarayoni bo‘yicha me’yoriy-texnikaviy hujjatlar va huquqiy hujjatlar talablarining bajarilishini ta’minlash.

3. Mehnat muhofazasi, o‘t o’chirish, radiatsiya xavfsizligi qoida va me’yorlariga  amal qilishi va ular bajarilishini, xonadagi havoning shuningdek, atrof-muhitning holatini nazorat qilishni amalga oshirish.

4. Mehnat muhofazasi boshqarmasi tizimiga MIXX Davlat standarti, mehnat va o‘quv standartlarini joriy qilish.

5. Jarohatlanish, kasbiy va ishlab chiqarish bilan bog‘liq kasallanishlar oldini olish maqsadida sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil qilish va o‘tkazish

6. Mehnatni muhofaza qilish meyoriy hujjatlarni  mehnatning xavfsizligi, standartlariga muvofiq tuzish va takomillashtirish.

7. Talabalar o’rtasida oquv-tarbiya jarayonini, ishlovchilar mehnatining xavfsiz va soglom sharoitini yaratish, baxtsiz hodisalar hamda filialda kasbiy kasalliklar oldini olish ishlarini tashkil etishni muntazam suratda takomillashtirish

8. Mehnat  xavfsizligi talablari  qattiqroq  so‘raladigan ishlarni  bajariladigan xodimlarning mehnat xavfsizligi  bo‘yicha o‘qishini, mehnat   muhofazasi bo‘limi  (byurosi) kasaba  uyushmasi rahbarligida mehnat muhofazasi sohasida  injener – texnik  xodimlar malakasini oshirishni tashkil etish va o‘tkazish.

9. Ishchi va xizmatchilarni  maxsus poyabzal va boshqa individual himoya vositalari bilan ta’minlash tartibi haqidagi yo‘riqnoma asosida maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa  indvidual  himoya   vositalariga  buyurtma tuzish va taqdim  etishni tashkil etish

10. Sanitariya – epidemologiya stansiyalaridan  olingan ma’lumotlar, asosan,  vaqti – vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tib turish kerak bo‘lgan shaxslarning  nomma – nom ro‘yxatini tuzish.

11. Kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda mehnat muhofazasining  ahvolini  ma’muriy – jamiyat nazorat qilish, mehnat muhofazasi bo‘yicha  jamoat ko‘rigini o‘tkazish.

12. Injener – texnik  xizmat xodimlarida ishlab chiqarishda ro‘y bergan baxtsiz hodisalarni to‘g‘ri va vaqtida tekshirish ma’suliyati, baxtsiz hodisalar sabablarini tahlil qilish, ishlab chiqarishda jarohatning oldini olish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqarish va amalga oshirishda ishtirok etish

13. O‘quv yurti bo‘yicha asbob – uskuna, mashina, mexanizm, ventilyatsiya tizimlari, elektr kuchlanish, isitish, gaz va kanalizatsiya tarmoqlari, inshootlarini tozalashga ko‘rsatmalar berish.

14. Mehnatni muhofoza qilish  bo‘yicha belgilangan tartibda bo‘lim va fakultetlarda yo‘l-yo‘riqlar berilishini nazorat  qilish.

 

Fuqaro va mexnat muxofazasiga yuklatiladi:

 -   Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitet Jizzax filiali fuqaro va mexnat muhofazasi shtabi va boshqa mutaxassislarni jalb qilgan holda filial fuqaro va mexnat muhofazasi rejasini ishlab chiqish, ushbu rejani o‘rnatilgan tartibda amalga oshirish;

-   Boshqaruvni tashkillashtirish, aloqa va ogohlantirish va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda professor – o‘qituvchi , talabalar va ishchi xizmatchilarni muhofazasini tashkillashtirish va yetkaziladigan zararlarni kamaytirish;

-   Shaxsiy tarkibni maxsus kiyim va himoya vositalari bilan ta’minlash;

-   Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda shaxsiy va jamoa himoya vositalari bilan ta’minlash;

-   Favqulodda vaziyatlar paytida shaxsiy tarkibni evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash;

-   Favqulodda vaziyatlar paytida evakuatsiya qilingan shaxsiy tarkibni xavfsiz hududga ko‘chiriladigan aholini yig‘ilish punktda joylashtirish va fuqaro muhofazasi rejasiga asosan boshqarishni tashkil qilish;

-   Fuqaro muhofazasi tadbirlarini mukammal o‘tkazilishini tashkillashtirish;

-   Filialda professor-o‘qituvchilar, talabalar va ishchi-xizmatchilarni, fuqaro muhofazasi bo‘yicha maxsus mavzular asosida o‘qitilishini tashkillashtirish;

-   Favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlari o‘tkazish va filialda o‘quv faoliyatini yaxshilash;

-   Hozirgi kun talablari sharoitlarida fuqaro muhofazasi bo‘yicha hukumat talabnomalarini bilish;

-   Fuqaro muhofazasi bo‘yicha huquqiy-me‘yoriy hujjatlar talablarini bilish;

-   Filial  fuqaro muhofazasi muhandisi o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni bilish va amal qilish;

-   Radiatsiyadan muhofaza qilish va uni o‘tkazish rejalarni ishlab chiqish va amalga tadbiq qilish;

-   Aloqa va xabar berish ishlarni tashkillashtirish va o‘tkazish;

-   Boshqaruv tarkibi, ishchi xizmatchilar va tuzilmalarni favqulodda vaziyatlar paytida harakat qilishga o’rgatish;

-   Qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish;

Top