Vazifalar:
• O'zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari, Vazirlar Maxkamasi
Qarorlari va vazirliklarning buyruqlari, maxalliy xokimyat organlarining ko'rsatmalari xamda
Filial direktori topshiriqlarini bajarish;
• Filialning muhandislik xizmatiga tegishli bo'limlar faoliyatiga bevosita rahbarlikni
amalga oshirish;
• Filialning muhim ob'ektlarida texnika xavfsizligi va texnik ekspluatatsiya
qoidalariga rioya qilinishini ta'minlash va nazorat qilish;
• Filialning mavjud ichki resurslari yoki pudratchi tashkilotlar bilan rekonstruktsiya,
kapital va joriy ta'mirlash bo'yicha muzokaralar olib borish va bajarilgan qurilish ta'mirlash
ishlarini belgilangan tartibda qabul qilish;
• Kapital ta'mirlash bo'yicha loyiha-smeta hujjatlarini, jumladan bino va uning
evakuatsiya rejasini tayyorlash;
• Filialning moddiy-texnik bazasi bo'yicha har bir ob'ekt uchun alohida materiallar
ro'yxatini tuzish va tayyorlash;
• Mavjud ob'ektlarni qayta ta'mirlash hamda qimmat va ulkan hajmli uskunalarni
binolarga o'rnatishga moslashtirish bo'yicha masalalarni yechishni ta'minlash;
• Binolar texnik holati va jihozlanishi hamda o'z vaqtida ta'mirlanishini tashkil qilish
va nazoratini amalga oshirish;
• Bo'ysunuvchi mas'ul xodimlar va ishchilarga tushuntirish ishlarini olib borish hamda
ularni mehnat xavfsizligi qoidalari bo'yicha o'qitishni tashkil etish;
• Filialning moddiy-texnik bazasi va yoqilg'i-energetika resurslaridan foydalanish
bo'yicha hisobotlarni o'z vaqtida taqdim etish;
• O'z vakolatlari doirasida o'ziga bevosita bo'ysunuvchi bo'limlarga ko'rsatmalar berish;
• O'z vakolatlari doirasida direktorning buyruq va farmoyishlar loyihasini tayyorlash;
• Inshootlarning qayta rejalashtirilishi va ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilinishi
bo'yicha tavsiyalar berish;
• Filialda yoqilg'i-energetika resurslarini iqtisod qilish hamda elektr energiyasi, gaz
va boshqa turdagi yoqilg'ilardan foydalanishning limitlarini o'rnatishni ta'minlash va nazorat
qilish;
• O'z bo'ysunuvidagi ishchi xodimlar faoliyati uchun zarur materiallarga buyurtmalar berish
va taqsimlash;
• Filial moliya va iqtisodiyot ishlari bo'yicha prorektor vaqtinchalik bo'lmagan xolatlarda
(kasalligi, xizmat safari, mexnat ta'tili va x.k.) uning vazifasini bevosita bajarish;
• Axborot va kommunikatsion texnologiyalarni puxta bilish;
Filialga tegishli mol-mulkka zarar yetkazgan shaxslarga nisbatan chora ko'rish bo'yicha takliflar
berish.