Devonxona va Arxiv

Saidaxmedova Dilafro‘z Qobilovna

Saidaxmedova Dilafro‘z Qobilovna

Lavozimi :

Bo‘lim boshlig‘i

Telefon :

+998993113308

E-mail

info@jbnuu.uz

Qabul vaqti

Dushanbadan-Jumagacha soat 9:00 dan 16:00 gacha

Devonxona va arxiv bo‘limining asosiy vazifalari

  • Filialga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, mahalliy hokimiyat va boshqa tashkilotlardan kelgan xatlar, murojaatlar va boshqa turdagi yozishma va hujjatlarni qabul qilish, elektron hujjat almashinuvi tizimiga kiritish, ro‘yxatdan o‘tkazish, bajaruvchi shaxslarga tarqatish, hamda nazorat olib borish uchun filial “monitoring va ichki nazorat” bo‘limiga axborot berish;
  • Filial direktorining asosiy faoliyat, xizmat safariga oid buyruq va farmoyishlarini, ilmiy kengash qarorlarini ko‘paytirish, elektron hujjat almashinuvi tizimiga kiritish va tegishli bo‘lim, fakultet xamda kafedralarga etkazilishini ta’minlash;
  • Filial direktori buyrug‘i asosida xizmat safariga chiquvchi professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlarni xizmat safari buyruqlarini rasmiylashtirish;
  • Filialdan yuqori va boshqa o‘zaro ish olib boruvchi tashkilotlar uchun jo‘natiladigan buyruq, xat va boshqa ish qog‘ozlarini tayyorlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va jo‘natish;
  • Filial direktorining filial faoliyatiga tegishli bo‘lgan barcha farmoyishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, uni tegishli bo‘limlarga etkazish;
  • Fuqarolarning murojaatlarini bajarish bo‘yicha chora-tadbirlar va nazorat rejasini bajarishda filial Monitoring va ichki nazorat bo‘limi bilan birgalikda ish olib borish;
  • Yig‘ma jildlarni shakllantirish bu yig‘ma jildlar nom ro‘yxatiga muvofiq yig‘ma jildlardagi bajarilgan hujjatlarni guruhlarga bo‘lish;
  • Yig‘ma jildga nomro‘yxat bo‘yicha yig‘majild sarlavhalariga muvofiq faqat bajarilgan, to‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlarni joylashtirish;
  • Bitta masalaga taa’luqli barcha hujjatlarni birga joylashtirish, asosiy hujjatlar bilan birga ilovani joylashtirish;
  • Yig‘majildda doimiy va vaqtinchalik saqlanadigan hujjatlarni alohida guruhlash;
  • Boshqaruv hujjatlarini yig‘majildlarda turlari bo‘yicha va unga taalluqli ilovalar bilan xronologiya bo‘yicha guruhlash;
  • Boshqaruv hujjatlari bilan tasdiqlangan ustavlar, nizomlar, yo‘riqnomalarni ilovalari va ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlari bilan birgalikda guruhlash;
  • Asosiy faoliyat va xizmat safari bo‘yicha buyruqlarni hamda farmoyishlarni alohida guruhlash;
  • Hujjatlarni ushbu yig‘majildlarga xronologik yoki alifbo tartibida joylashtirish.
Top