Yuriskonsult

Ibragimov Asqar Ahmadovich

Ibragimov Asqar Ahmadovich

Lavozimi :

Yurskonsult

Telefon :

Суббота, 15:00-16:00

E-mail

asqar2014@yandex.ru

Qabul vaqti

shanba, 15:00-16:00

Yuridik xizmat – O`zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali faoliyatini huquqiy ta`minlash maqsadida qonunchilikda belgilangan me`yor va mezonlarga muvofiq majburiy tartibda tashkil etiladigan yoki joriy qilinadigan mustaqil tarkibiy tuzilma yoxud lavozim.

Yuridik xizmat bevosita Milliy universiteti Jizzax filiali direktoriga bo`ysunadi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2733-son Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to`g`risida”gi Nizomga muvofiq kuyidagilar yuridik xizmat faoliyatining asosiy yo`nalishlari hisoblanadi:

 

  • filialning huquqni qo`llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta`minlashni tashkil etish;
  • filial  tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;
  • filialning qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida filial bo`limlari, fakultetlari  ishini muvofiqlashtirish;
  • filial xodimlari, talabalarning huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali etkazishda ishtirok etish;
  • shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da`vo ishlarini yuritish, filialning  mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta`minlash.
Top