Xalqaro hamkorlik bo‘limi

 

 

                          To‘ychiyeva Nodira G’ulom qizi 

Lavozimi :

Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig`i

Telefon :

+998944266569

E-mail

nodira070495@gmail.com

Qabul vaqti

Payshanba 10:00 dan 17:00 gacha 

 

Bo‘lim faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

·        Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlarini tashkil etish;

·        yetakchi xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalari, tahliliy, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash;

·        xodim va talabalarning xorijda o‘qishi, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishi, tajriba almashishi, malaka oshirish va stajirovka o‘tash kurslarida ishtirok etishi, shuningdek talabalarning akademik almashinuvini ta’minlashga ko‘maklashish;

·        yetakchi xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalari, tahliliy, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlarining amaliy ish tajribasiga ega yuqori malakali mutaxassislarini taklif etishga ko‘maklashish, hamda filialga tashrif buyuradigan xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlarni tashkil etish;

·        filialda mavjud xalqaro shartnoma va memorandum bitimlarini tahlil etish va nazorat qilish;

·        hukumatlararo va idoralararo bitimlar, filial tomonidan tuzilgan shartnoma (kontrakt)lar va xorijiy oliy o‘quv yurtlari, tashkilotlari bilan individual tuzilgan bitimlar (shartnomalar) asosida chet ellik fuqarolar malakasini oshirish va filial o‘qituvchi, ilmiy tadqiqotchilar malakasini oshirishni tashkil etish;

·        filialning fakultetlari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida xalqaro faoliyatni muvofiqlashtirish, qo‘llab-quvvatlash.

 

Top