UMUMIY MA'LUMOT

Mirzo Ulugbek nomidagi Ozbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida ilmiy faoliyatni tashkil etish boyicha

Ma’lumot

Filialda jami 62 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. Jumladan, 46 nafari asosiy shtatda bo‘lib, shundan 10 nafar ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda, ilmiy salohiyat 21,74 foizni tashkil etmoqda.

2020 yilda 1 nafar o‘qituvchi ilmiy darajaga erishgan, bir nafar o‘qituvchi dotsent ilmiy unvonini va 2 nafar o‘qituvchi professor ilmiy unvonini olgan.

2020 yil davomida Buyuk Britaniyaning madaniy aloqalar va ta’lim imkoniyatlari bo‘yicha xalqaro tashkiloti Britaniya Kengashining “Change academy programme” loyihasida filialning 8 nafar xodimlari va professor-o‘qituvchilaridan iborat jamoa ishtirok etmoqda.

Loyiha 2020-2021-yillarda bajarish uchun mo‘ljallangan.

Filial professor-o‘qituvchilari Jahon bankining “Akademik innovatsiyalar fondi” grantida ishtirok etmoqda. Ushbu grant doirasida filialda “O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish markazi va qo‘shma o‘quv laboratoriya” ochish rejalashtirilgan.

“One million Uzbek Coders” loyihasida ishtirok etayotgan talabalar soni 83 nafar, ishtirok etayotgan o‘qituvchilar soni 5 nafar. 1 nafar talaba (Raxmatov Dilmurod – 2 kurs, informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishi) Nano Degree bosqichidan muvafaqiyatli o‘tgan.

“Kroxus Software Development Group” MCHJ hamkorlik dasturi orqali iqtidorli talabalar uchun “Web dasturchi” loyihasi bajarilmoqda. Loyiha 2020-2021-yillarda amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.

Jizzax viloyatidagi tuman Xalq ta’limi bo‘limlari bilan xo‘jalik shartnomasi asosida umumta’lim maktablari amaliyotchi psixologlariga maxsus o‘quv reja asosida seminar-treninglar o‘tkazildi. Hozirda 13 ta tuman xalq ta’lim bo‘limlari bilan xo‘jalik shartnomalari imzolandi. Xo‘jalik shartnomalarining umumiy qiymati 8.703.509 so‘mni tashkil qiladi. Jizzax viloyatidagi jami 854 nafar amaliyotchi psixologlar 29 ta guruhga bo‘lingan holda mashg‘ulotlar tashkil etilgan.

Don va dukkakli  ekinlar ilmiy tadqiqot instituti G‘allaorol ilmiy tekshirish stansiyasi bilan tajriba almashinish, seleksiya va biotexnologik tajriba ishlarini hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar imzolash bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishilgan.

Filialda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari bo‘yicha 2020-yil davomida umumiy nashrlar soni 143 tani tashkil etmoqda.

 

Filialda quyidagi 3 ta ixtisoslik bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim institut mavjud:

13.00.05-Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi;

05.01.02-Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash;

05.01.04-Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti.

2019-yilda 4 nafar stajyor tadqiqotchilar, 2020-yilda 3 nafar tayanch doktorantlar, 1 nafar mustaqil izlanuvchi va 2 nafar stajyor tadqiqotchilar oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutga qabul qilingan. Bundan tashqari boshqa tayanch oliy ta’lim muassasalarida filial professor-o‘qituvchilardan 1 nafari mustaqil-izlanuvchi va 23 nafari izlanuvchi sifatida ilmiy faoliyat olib bormoqdalar.

2019/2020-o‘quv yili uchun bakalavriatning 5210200 - Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 25 nafar talaba uchun qabul kvotasi  ajratilgan. 2019-yilda 87 nafar abiturientlar hujjat va kirish imtixonlarini topshirdi va ularning 18 tasi tanlov natijalariga ko‘ra talabalikka qabul qilindi. 2020-yilda 116 nafar abiturientlar hujjat va kirish imtixonlarini topshirdi va ularning 24 nafari tanlov natijalariga ko‘ra talabalikka qabul qilindi.

2020-yil 1-2-may kunlari O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida “Ilm-fan va ta’limda innovatsiyalar: muammo va istiqbollar” mavzusida professor-o‘qituvchilar va talabalarning I ilmiy-amaliy online konferensiyasi hamda 8-10-oktabr kunlari filialda “Ilm-fan va ta’limda innovatsiyalar: muammo va istiqbollar” respublika miqyosidagi ilmiy-texnik anjumani bo‘lib o‘tdi. Onlayn anjumanda o‘z ma’ruzalari bilan qatnashgan ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

Top