Kelgusidagi vazifalar

2021/2022-o‘quv yilidan boshlab filial tuzilmasiga o‘zgartirilish kiritilganligi munosabati bilan 2 ta fakultet  va 4 ta kafedralar o‘z faoliyatini boshladi, bunda:

-     iqtisodiyot tarmoqlarining talablari asosida 4 ta magistratura mutaxassisligi  bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi;

-     Talabalar soni 734 nafardan 752 nafarga, magistrantlar soni 18 nafarga oshiriladi;

-     professor-o‘qituvchilar safiga 20 nafar yoshlar jalb etiladi, shundan 1 nafari xorijda ta’lim olganlarni tashkil etadi;

-     professor-o‘qituvchi va yoshlarni xorijda 3 nafari malaka oshirishi, 2 nafari stajirovkadan o‘tishi, 2 nafari doktoranturada o‘qishi rejalashtirilgan.

-     ishlab chiqarish sohasidagi malakali mutaxassislardan 2 nafari dars jarayonlariga jalb etiladi;

-     Qozon Federal universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari kengaytiriladi va yangi 1 ta ta’lim yo‘nalishi va 1 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi;

-     ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarida mutaxassislik kafedralaridan               2 tasining filiallari tashkil etilib 2 ta ta’lim yo‘nalishi talabalarining mutaxassislik fanlaridan dars jarayonlari yo‘lga qo‘yiladi;

-     takomillashtirilgan fan dasturlari asosida ehtiyojdan kelib chiqib o‘quv adabiyotlari bilan filial axborot resurs markazi fondining qamrovini 60% boyitilish rejalashtirildi;

-     kadrlar buyurtmachi vazirlik, idora, korxonalar bilan birgalikda talabalarning ixtisoslikka oid bilim va amaliy ko‘nikmalarini kuchaytirishga, bitiruvchilarda zamon talabiga mos amaliy fikrlash, tezkor tahlil, mustaqil yechim izlash, amaliy kreativlik shakllanishiga qaratilgan barcha ta’lim yo‘nalishlaridan davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari o‘quv jarayoniga tatbiq etish ishlari amalga oshirildi.

        2021-yilda rejalashtirilayotgan dissertatsiyalar himoya qilinishi hisobiga va kadrlar zahirasi hisobidan ilmiy darajali professor o‘qituvchilar soni 15 nafarni tashkil etishi rejalashtirilmoqda va filialning ilmiy salohiyatini 31.25 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan.

 

2020-yilda 1 nafar o‘qituvchi ilmiy darajaga erishgan, bir nafar o‘qituvchi dotsent ilmiy unvonini va 2 nafar o‘qituvchi professor ilmiy unvonini olgan bo‘lsa, 2021-yilda ushbu ko‘rsatkichlarni yanada yaxshilash ko‘zda tutilgan bo‘lib, o‘sish dinamikasi quyidagicha bo‘lishi rejalashtirilgan.

2020-yilda 3 nafar tayanch doktorantlar, 1 nafar mustaqil izlanuvchi va 2 nafar stajyor-tadqiqotchilar oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga qabul qilingan. Bundan tashqari boshqa tayanch oliy ta’lim muassasalarida filial professor-o‘qituvchilardan         1 nafari mustaqil-izlanuvchi va 23 nafari izlanuvchi sifatida ilmiy faoliyat olib bormoqdalar.

Filialda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash orqali professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini bosqichma-bosqich oshirib borish rejalashtirilgan.

Ushbu maqsadda har bir kafedrada professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish bo‘yicha quyidagicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Top