Xalqaro hamkorlar

 

Qozon Federal Universiteti

Mirzo Ulug‘bek nomli O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali va Qozon Federal universiteti (Rossiya Federasiyasi) o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik doirasida  2019/2020 o‘quv yilidan boshlab "3+1" qo‘shma ta’lim dasturini tashkil etish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

2020/2021 o‘quv yili uchun ham Mirzo Ulug‘bek nomli O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali va Qozon Federal universiteti o‘rtasidagi shartnomaga ko‘ra joriy yil uchun  25 ta talabaga shartnoma asosida kvota ajratilib, 117 nafar abituriyentlar hujjat va kirish imtihonlarini topshirdi. Test sinovlarini onlayn shaklda tashkil etish va ularni baholash Qozon Federal Universiteti tomonidan amalga oshirildi. 2020 yil 27 avgust kuni “ZOOM” platformasi orqali Qozon Federal universiteti 3+1 qo‘shma ta’lim dasturi guruhlarini o‘qitish bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni muvofiqlashtirish maqsadida onlayn uchrashuv tashkil etildi. Ushbu onlayn tadbirda O‘zMU Jizzax filiali rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda QFU xalqaro aloqalar bo‘limi direktori V.O. Vershinina, direktor o‘rinbosari Ya.Sh. Yevdokimova va ta’lim jarayonini texnik ta’minlash bo‘limi boshlig‘i M.L. Grunis ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida talabalarni kelgusidagi o‘qish va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, ikki tomonlama malaka va tajribalar almashildi. 2020 yil 7-11 sentyabr kunlari “ZOOM” platformasi orqali filial hamda Qozon Federal universiteti psixologiya va ta’lim instituti maktabgacha ta’lim psixologiya va pedogogika kafedrasi dosenti A.T.Kurbanova hamkorligida “Ijtimoiy psixologiya va sosial psixologiya”  mavzusida ma’ruza  tashkillashtirildi.

Shuningdek joriy yilning 7 oktyabrdan hozirgi kunga qadar Qozon Federal universiteti sosial psixologiya kafedrasi dosenti Ramil Ramziyevich Garifullin O‘zMU Jizzax filiali hamda Qozon Federal universiteti 3+1 qo‘shma ta’lim dasturi guruhi talabalari uchun ma’ruza mashg‘ulotini olib bormoqda.

QOZOG'ISTON

 http://jbnuu.uz/storage/menu-data/January2021/22222222.png

2020-yil 3-dekabr kuni Mirzo Ulugbek nomidagi Ozbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali va va Qozogiston Respublikasining Baishеv univеrsitеti ortasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va tomonlar ortasida talim va ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, talabalar, doktorantlar va professor-oqituvchilar almashinuvini yolga qoyish boyicha Anglashuv Memorandumi imzolandi.

 

2020-yil 15-dekabr kuni Mirzo Ulugbek nomidagi Ozbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali va va Qozogiston Respublikasining Q. Jubanov nomidagi  Aqtobe  viloyat universiteti ortasida   talim va ilmiy hamkorlikni amalga oshirish  boyicha ozaro Anglashuv Memorandumi imzolandi.

 

 

 

 Filial Xalqaro hamkorlik bo'limi tomonidan xorijiy professor bilan hamkorlikda o'tkazilgan onlayn seminar-treninglar

2020 yil davomida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialiga xorijiy davlat elchixonalaridan biri hisoblangan AQSHning Mutaxassislar uchun Fulbrayt dasturi (Fulbright Specialist Program (FSP) doirasida soha mutaxassislari onlayn seminar va ma’ruzalar uchun jalb qilindi. Joriy yilning 20 may kuni filial hamda AQSHning Minnesota shtati, Anoka Ramsey jamoat kollejining psixologiya bo‘yicha professori Laurie Wolfe hamkorligida “Psixologiyada tadqiqot metodlari” mavzusidagi onlayn seminar  (Zoom dasturi orqali) tashkillashtirildi. Seminarda filial professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari faol ishtirok etishdi. Shuningdek mutaxassis Laurie Wolfe bilan hamkorlikda  2020 yilning 9 iyun kuni “Pandemiya davrida xulq-atvorni boshqarish” va 17 noyabr kuni “Stressni boshqarishning yo‘llari” mavzusida onlayn ma’ruzalar bo‘lib o‘tdi.

 

 

Bundan tashqari Fulbrayt dasturi doirasida 24 noyabr kuni AQSHning Jorjiya universiteti “Til va savodxonlik ta’limi” kafedrasi klinik yordamchisi, onlayn TESOL dasturi koordinatori til bo‘yicha mutaxassisi David Chiesa bilan “Onlayn (raqamli) makonda talabalarni jalb qilish strategiyasi: COVID-19 paytida tilni maqbul o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida  onlayn seminar tashkillashtirildi.

 

  

Onlayn seminar davomida ishtirokchilar zoom platformasi orqali xorijiy tilni o‘rganishga yordam beradigan  bir qancha amaliy mashqlarni bajarishdi. Masalan mutaxassis tomonidan tashkil etilgan virtual  breakout room mashqlarida qatnashishdi.

2020-yilning 1-dekabr kuni AQSHning Naval akademiyasi “Matematika bo‘limi” dosenti Susan Margulies bilan “Algoritmlar, vaqt va million dollarlik savol” mavzusida filial talabalari uchun ZOOM dasturi orqali ma'ruza tashkillashtirildi. 2013 yildan buyon Susan AQSHning Naval akademiyasi “Matematika bo‘limi” dosenti hisoblanadi. Mutaxassis matematika sohasida ko‘plab yutuqlarga erishgan va o‘zining ilmiy ishlarida matematikaning dolzarb mavzularini yoritib boradi.

4 dekabr kuni AQSHning Boston shahridagi Emmanuyel kolleji iqtisodiyot kafedrasi dosenti Rebecca Moryl bilan “Bozorlarning samarali ishlashiga va bozor tuzilmalariga qo‘yiladigan talablar” mavzusida bir qator onlayn ma’ruzalar tashkillashtirildi. 

Ma’ruzachi o‘z ma’ruzasini quyidagi so‘zlar bilan boshladi: Men o‘zimni umr bo‘yi o‘rganuvchi deb bilaman, yangi va eski g‘oyalar haqida va boshqalarning dunyoni qanday ko‘rishi haqida doimo qiziqaman. Iqtisodiyotni tushunish biz yashayotgan olamni katta va kichik dunyoni anglash uchun juda muhimdir, deb hisoblayman. Men talabalarga yordam berishga intilaman: Iqtisodiyot allaqachon hayotimizning bir qismi ekanligini, hamma joyda mavjudligini anglashimiz zarurligini ta'kidlab o'taman - dedi mutaxasis.

 

Filialning xorijiy loyihalardagi ishtiroki

2020-yildan hozirgi kunga qadar filial professor-o'qituvchilari hamda xodimlaridan shakllantirilgan jamoa Change Academy Programme dasturlarida ishtirok etib kelmoqda. Buyuk Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan  “Change Academy programme” (Change Academy Programme - bu Advance HE tomonidan O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi(BK) va Oliy va O‘rta-maxsus Ta’lim vazirligi (OO‘MTV) bilan hamkorlikda olib borilayotgan, O‘zbekiston oliy ta’limi sohasidagi keng qamrovli o‘zgarish dasturining uchta faoliyat yo‘nalishidan biridir. Ushbu dastur oliy ta’lim tizimida quyidagi maqsadlarga erishishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan: akademik, moliyaviy va tashkiliy avtonomiyaga erishish; milliy oliy ta’limni qayta tiklashdir) loyihasi doirasida  2020 yilning 12 oktyabr kuni “Brightspace - onlayn ta’lim platformasi” mavzusidagi onlayn vebinar bo‘lib o‘tdi.

Vebinarda har bir guruh koordinatorlari loyihalari hakida hamda unda bo‘layotgan o‘zgarishlar hakida  ma’lumot berib o‘tishdi. Vebinarning asosiy maqsadi har bir guruh loyihasiga yordam yoki taklif berish edi. Shuningdek 20-22 oktyabr kunlari loyiha yuzasidan  LEAP 2 (ikkinchi sikl) onlayn vebinar bo‘lib o‘tdi. LEAP 2 da asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi: Pedagogika, sifatli o‘qitish, dastur rahbarligi, o‘quv dasturlarini ishlab chiqishni rag‘batlantirish, qiyinchiliklar va motivasiya. Vebinarda Britaniyalik mutaxassislardan      J.Chaffer, Dr Patrick Baughan, Dr Kay Hack, Dr Tim Hinchliffe, Dr Kathy Wright, Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi Shange Academy loyihasining bosh kordinatori - Indira Ihlasova hamda 9 ta jamoa ishtirok etdi. O‘zMU Jizzax filialidan guruh a’zosi sifatida Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Axatov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i N.Tuychiyeva, “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchilari Sh. Turayeva va D. Quvondiqovalar ishtirok etishdi.

15-17 dekabr kunlari loyiha vakillari tomonidan LEAP 3 (uchinchi sikl) “O‘quv, almashish va rejalashtirish” mavzusida tashkillashtirildi. Vebinar doirasida maxsus tayyorlangan prezentasiyalar shtirokchilarga namoyish etildi, keys-stadylar, master-klasslar berildi, jamoaviy vazifalar Jamboard orqali bajarildi.  Change Academy loyihasining uchinchi sikli asosan quyidagi masalalarga oydinlik kiritdi: Integrasiyalashgan o‘zgarishlarni bayon qilish - bu yerda har kimning o‘rni bor (talabalar bilan tajriba), loyihalarni boshqarish qobiliyatlarini oshirish va institusional o‘zgarishlarni  katalizator qilish. Vebinardan quyidagi xulosalar olindi: o‘zgarishlar amalga oshirilayotgan vaqtda boshqalarga yetakchilik qilish, o‘zgarishlar jarayonini hujjatlashtirish va bu boradagi ma’lumotlarni yetkazish, shuningdek, ta’sir qilish maqsadida ijobiy munosabatlarni o‘rnatish ko‘nikmalarini shakllantirish. Vebinarda filial jamoasi faol ishtirok etdi va berilgan vazifalarni to‘liq bajarishdi.

 

 

 

 

 

 

Top