Alimov Normurod Nosirovich
Lavozimi : |
Psixologiya fakulteti dekani |
Telefon : | |
Elektron pochta | |
Qabul vaqti |
Seshanba, payshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha. |
Fakultet dekani vazifasi
Toshboev Asliddin Kumakovich
Lavozimi : |
Psixologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari |
Telefon : | |
Elektron pochta | |
Qabul vaqti |
Dushanba, chorshanba va shanba kunlari soat 08-30 dan 16-00 gacha. |
Fakultet dekanining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarining lavozim vazifalari:
• O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, xat, topshiriqlarini, shuningdek, ma’naviyat va ma’rifat jarayoniga tegishli oliy ta’lim muassasasining buyruqlari bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
• Fakultetda tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish;
• Talabalarning individual psixologik portreti aks ettirilgan shaxsiy varaqalarini to‘ldirishni tashkil etish;
• Talabalarning kiyinish va muomala madaniyatiga rioya etishini kundalik nazoratga olish;
• Fakultet va kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy ish rejalarini muvofiqlashtirish hamda ular asosida umumiy ish rejani shakllantirish, fakultet Kengashida tasdiqlash;
• Fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, turli yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish;
• Fakultet Kengashi rejasiga ma’naviy-ma’rifiy ishlarga doir masalalarni kiritish va doimiy muhokamasini yo‘lga qo‘yish;
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga etkazib borish;
• Talaba-yoshlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy, estetik, axloqiy dunyo qarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil g‘ayriinsoniy g‘oyalar ta’siridan himoya qilishda hamda mustaqil O‘zbekistonning chinakam fidoyisi bo‘lib etishtirishga qaratilgan ma’naviy ishlarni tashkil qilish;
• Oliy ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarga doir tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlash;
• Talaba-yoshlar orasida axloqiy, estetik, siyosiy-g‘oyaviy tarbiyani shakllantirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;
• Milliy urf-odatlar, qadriyatlar negizida olib borilayotgan anjumanlar, davra suhbatlari, uchrashuvlarni va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil qilish;
• Talabalarning ma’naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish maqsadida qilinadigan ishlarni takomillashtirishga ko‘maklashish;
• Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklardan kelib chiqib talabalarda ixtisoslik ko‘nikmasini shakllantirish;
• Direktor, O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, fakultet dekanining topshiriqlari asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish;
• Ma’naviy-ma’rifiy masalalar yuzasidan kafedra mudirlari tomonidan bajarilgan ishlarni tahlil qilish va tavsiyalar berish;
• Professor-o‘qituvchilarning yillik o‘quv yuklamalaridagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar” sohasiga tegishli bandiga tegishli vazifalarni tahlil qilish va to‘liq bajarilishini nazorat qilish;
• Ijarada yashaydigan talabalarga murabbiylarni biriktirish, ularning faoliyatini doimiy muvofiqlashtirib borish;
• Talabalar turar joylarida talabalarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning kundalik faoliyatini nazoratga olish;
• Murabbiylar tomonidan o‘tkaziladigan “Axborot va murabbiylik soati”ni o‘tilishi, mazmunini doimiy nazoratga olish;
• Talabalarning ota-onalari bilan doimiy muloqot qilish va fakultetda “Ota-onalar kuni” tadbirini uyushtirish;
• O‘quv binosi va talabalar turar joylarida rahbariyat topshirig‘iga muvofiq belgilangan kunlarda navbatchiliklarni tashkil etish va nazoratga olish;
• Har semestr yakunida fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ishlari yuzasidan hisobot, fotoalbom tayyorlash va bo‘lim rahbariga taqdim etish;
• Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda yaxshi tashabbus ko‘rsatgan faollarni moddiy, ma’naviy rag‘batlantirishga doir takliflar, tavsiyalar berish;
• Jamoat tashkilotlari va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va muammoli talabalar bilan individual ishlash;
• Fakultet binosi, kafedralar va o‘quv xonalarining targ‘ibot plakatlar bilan bezatishda tashabbuskor bo‘lish hamda mazkur vazifaga siyosiy hushyorlik bilan yondoshish;
• O‘zining xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish.
Bilishi kerak:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim tizimidagi ta’lim-tarbiya masalalariga tegishli qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, OTM buyruqlari, fakultet faoliyatiga taaluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, odob-axloq qoidalari, OTM Ustavi, ichki mehnat tartib-qoidalari, ish yuritishga oid boshqa me’yoriy hujjatlar.
Malaka talablari:
• Namunali fazilatli, intelektual, madaniyatli, etakchilik, ijodiy fikr, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
• Oliy ma’lumotga (magistr diplomi) ega bo‘lishi;
• O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
• Kamida 3 yillik pedagogik yoki ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar bo‘yicha faoliyat stajiga ega bo‘lishi;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni mukammal bilishi zarur.
Irgashev Xasan Nimatovich
Lavozimi : |
Psixologiya fakulteti dekani |
Telefon : | |
Elektron pochta | |
Qabul vaqti |
Har kun soat 14-00 dan 17-00 gacha. |
Fakultet dekanining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining lavozim vazifalari:
• Fakultetda o‘quv jarayonini tashkil etish;
• Talabalarning o‘quv kartochkalarini to‘ldirishni tashkil etish;
• Talabalarning shaxsiy jadvallarini xamda reyting sinovi varaqalarini tuzishni tashkil etish;
• Talabalarning hujjatlarini tayyorlash hamda nusxasini ko‘paytirishni tashkil etish;
• Fakultet talabalarining soni haqidagi 3-NK shaklidagi hisobotni tuzishni tashkil etish;
• Birinchi kursga qabul qilingan talabalarni o‘quv hujjatlarini tayyorlashni tashkil etish (reyting daftarchalarini, talabalik biletlarini va o‘quv kartochkalarini to‘lg‘azish);
• Talabalar hujjatlarini muntazam ravishda tekshirib borish xamda fanlar bo‘yicha qarzlarni topshirish haqida eslatuv xatlarini jo‘natish;
• Talabalar soni, o‘zlashtirishi va harakati bo‘yicha hisobot ma’lumotlarini tayyorlash;
• Talabalarni kursdan kursga o‘tkazish bo‘yicha buyruq loyihasini tuzishda qatnashish;
• Talabalarni malakaviy amaliyotiga yuborish bo‘yicha buyruq loyihasini tuzish;
• Talabalar davomatini, o‘quv darslarining o‘z vaqtida o‘tkazilishini tashkil qilish va nazoratini olib borish;
• O‘quv dars jadvallarini tuzishni tashki etish;
• Reyting nizomiga rioya etilishini ta’minlash;
• Talabalarni DAK sinovlarini topshirishga va bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishga qo‘yish bo‘yicha buyruq loyihasini tuzish;
• Talabalarni so‘rov xatlariga javob xatlarini yozishni tashkil etish;
• Dekanat faoliyati uchun zarur bo‘lgan hujjatlar uchun buyurtmalar berishni tashkil etish;
• Fakultet dekanatidagi barcha hujjatlarni saqlanishini ta’minlashni tashkil etish;
• OTMini tamomlagan xamda chetlashtirilgan talabalarni shaxsiy hujjatlarini tayyorlash va ularni OTMi arxiviga topshirishni tashkil etish.
Bilishi kerak:
O‘z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, OTMi ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarni bilishi;
Malaka talablari:
• Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, etakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror
qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi; • Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
• O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.
“Psixologiya” fakulteti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yilning 30-31 yanvar kunlari Jizzax viloyatiga tashrifi davomida bildirgan takliflari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 iyuldagi 563-sonli qarori hamda viloyat hokimining 2019 yil 10 iyuldagi 261-sonli qaroriga asosan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali tashkil etildi. Filial tarkibida 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab “Psixologiya” fakulteti o‘z faoliyatini olib bormoqda.
Hozirgi kunda « Psixologiya » fakulteti tarkibiga: ikkita kafedra faoliyat ko‘rsatadi:
1. “Psixologiya va gumanitar fanlar” kafedrasi. Kafedra mudiri. Nosirov Bunyod O‘rolovich.
2. “Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi. Kafedra mudiri Jabborov Ulugʻbek Abduraxmonovich.
Fakultetda 4 ta kunduzgi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.
1. 5120100 – Filologiya va tillarni oʻqitish (ingliz tili) yo‘nalishi.
2. 5210205 - Oila psixologiyasi yo‘nalishi.
3. 5210204 - Yоshlar psixologiyasi yo‘nalishi.
4. 5210209 - Psixologiya yo‘nalishi (3+1 KFU qoʻshma ta’lim dasturi).
Fakultetda 1 ta sirtqi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.
1. 5210200 – Psixologiya (faoliyat va turlari boʻyicha) yo‘nalishi.