MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Ilmiy - tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi

Umumiy ma'lumot

Hozirgi kunda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali asosiy shtatida 136 nafar, shundan 48 nafar ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda, ilmiy salohiyat 35.3 foizni tashkil etadi. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida 2021-yilda 73 nafar professor-oʻqituvchi faoliyat olib borib, shundan 6 nafari fan doktori (DSc), professorlar, 17 nafari fan nomzodi (PhD), dotsentlar boʻlib, ilmiy salohiyat 31,5 % ni tashkil etgan. 2022-yilda filialda 116 nafar professor-oʻqituvchi faoliyat olib borib, shundan 5 nafari fan doktori (DSc), professorlar, 34 nafari fan nomzodi (PhD), dotsentlar boʻlib, ilmiy salohiyat 33,6 % tashkil etgan. 2021-yil filial professor-oʻqituvchilaridan 2 nafari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olish uchun doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan boʻlsalar, 3 nafar professor-oʻqituvchilar Dotsent va Professor ilmiy unvonini oldilar (1 nafar Professor ilmiy unvonini va 2 nafar Dotsent ilmiy unvoni). 2022-yil filial professor-oʻqituvchilaridan 7 nafari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olish uchun doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan boʻlsalar, 1 nafar professor-oʻqituvchi dotsent ilmiy unvonini oldi. 2023-yil dekabr holatiga filial professor-oʻqituvchilaridan 11 nafari (1 nafar fan doktori (DSc), 10 nafar falsafa doktori (PhD)) ilmiy darajalarini olish uchun doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishgan. Filialning 9 nafar professor-oʻqituvchilari dotsent ilmiy unvonlarini olishgan. Shuningdek filialda 10 nafar professor-oʻqituvchi fan doktori (DSc), 30 nafar professor-oʻqituvchi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. Filialning ilmiy va pedagogik salohiyatni oshirish maqsadida dunyoning TOP 1000 talik universitetlari reytingiga kirgan oliy ta’lim muassasalarida ilmiy darajaga ega boʻlgan 10 nafar ilmiy darajali professor-oʻqituvchilar filialga jalb qilingan. Professor-o‘qituvchilarning ilmiy va pedagogik salohiyatini oshirish maqsadida filialda oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti tashkil etilgan. Hozirda quyidagi ixtisosliklar boʻyicha oliy ta’limdan keyingi ta’limda tayanch doktorantura, mustaqil izlanuvchilik va stajyor-tadqiqotchilik institutida tadqiqotchilar tahsil olishmoqda:

- 13.00.05-Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi; 

-05.01.02-Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash ixtisosligi; 

-05.01.04- Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti ixtisosligi; 

- 03.00.12-Biotexnologiya ixtisosligi. 

2021-yil uchun jami 5 ta kvota: tayanch doktoranturaga 3 ta, stajyor-tadqiqotchilikka 2 ta kvota ajratilgan. 2022-yil uchun jami 9 ta kvota: tayanch doktoranturaga 6 ta, stajyor-tadqiqotchilikka 3 ta kvota ajratilgan boʻlsa, 2023-yil uchun jami 10 ta kvota: tayanch doktoranturaga 8 ta (shundan tayanch doktoranturaga 6 nafar tadqiqotchi qabul qilingan), stajyor-tadqiqotchilikka 2 ta kvota ajratilgan. 2023-yil holatiga filialda jami 14 nafar tayanch doktorant (6 nafar 1-bosqich, 5 nafar 2-bosqich, 3 nafar 3-bosqich), 2 nafar stajyor-tadqiqotchi hamda 3 nafar mustaqil izlanuvchilar ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar (shundan 1 nafar tayanch doktorant muddatidan oldin, 1 nafar mustaqil izlanuvchi oʻz vaqtida himoya qilgan). Filialda oliy ta’limdan keyingi ta’limda 2024-yil uchun 4 ta ixtisoslik boʻyicha jami 10 ta kvota: tayanch doktoranturaga 8 ta (shundan tayanch doktoranturaga 5 nafar tadqiqotchi qabul qilingan), stajyor-tadqiqotchilikka 2 ta kvota ajratilgan. Filialda 2021-yilda chop etilgan umumiy nashrlar soni 307 tani, jumladan, 34 ta mahalliy ilmiy jurnallarda, 80 ta xalqaro (9 ta maqola Scopus bazasiga kiruvchi) ilmiy jurnallarda, 193 ta ilmiy anjumanlarda maqola va tezislar chop etilgan. 2022-yilda nashr etilgan umumiy nashr soni 536 tani, jumladan, 64 ta mahalliy ilmiy jurnallarda, 147 ta xalqaro (18 ta maqola Scopus bazasiga kiruvchi) ilmiy jurnallarda, 325 ta ilmiy anjumanlarda maqola va tezislar chop etilgan. 2023-yil dekabr holatiga filialda nashr etilgan umumiy nashr soni 991 tani, jumladan, 216 ta mahalliy ilmiy jurnallarda, 290 ta xalqaro (32 ta maqola Scopus bazasiga kiruvchi) ilmiy jurnallarda, 485 ta ilmiy anjumanlarda maqola va tezislar chop etilgan. Shuningdek, 2021-yilda 3 ta mahalliy monografiya, 2022-yilda esa 14 ta 

(7 ta mahalliy va 7 ta xorijiy) monografiya hamda 2023-yilda 7 ta (4 ta mahalliy va 3 ta xorijiy) monografiyalar nashr etilgan.

2021-yilda dasturiy mahsulotlar uchun olingan mualliflik guvohnomalar soni 17 tani, 2022-yilda 24 tani tashkil etgan boʻlsa, 2023-yilda esa dasturiy mahsulotlar uchun 21 ta mualliflik guvohnomalari hamda foydali model olindi.

2021-yilda davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi umumiy qiymati 100 mln. soʻmlik Shoʻrlangan tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilashda Amarant oʻsimligidan optimal foydalanish texnologiyasi va chorvachilik uchun zarur boʻlgan ozuqa bazasini yaratish nomli tijoratlashtirish loyihasi bajarilgan. Shuningdek umumiy qiymati 60,0 mln. soʻmlik Qayta tiklanuvchi energiya manbaalaridan past tezlikdagi oqimlarda elektr energiyani hosil qiluvchi generator nomli startap loyihasi bajarilgan. Filialda davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi bajarilishi 15.11.2021-31.10.2023-yillarga moʻljallangan umumiy qiymati 1 595,0 mln. soʻmlik, loyiha raqami IL-412104529-sonli Nutq signallari asosida ovoz va matnni tanib olish, qayta ishlash orqali stenogrammalarni shakllantiruvchi intellektual dasturiy mahsulotini ishlab chiqish mavzusidagi innovatsion loyihasi bajarildi. Shuningdek Boʻlajak olim tanlovi doirasidagi bajarilishi 2023-yil dekabrga moʻljallangan umumiy qiymati 17,6 mln. soʻmlik startap loyiha raqami S-PM-93 boʻlgan Alkimyogar startap loyihasi bajarildi. 

Mirzo Ulugʻbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali Yevropa ittifoqining “Ta’lim, audivizual vositalar va madaniyat ijroiya agentligining (EACEA)” Erasmus+ dasturi boʻyicha SPHERE-101128065-ERASMUS-EDU-2023-CBHE-STRAND-2 (Project name: Sustainable transportation within the framework of green deal) umumiy qiymati 799 075,00 yevrolik xorijiy grant loyihasida ishtirok etmoqda. Ushbu xorijiy grant loyihaning umumiy qiymatining 96 035,00 yevrosi filial uchun ajratilgan. Erasmus dasturi doirasidagi xorijiy grant loyihani bajarish uchun 2023-yil noyabr oyida shartnoma imzolangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qarorining 7-ilovasi tasdiqlangan umumiy qiymati 4,220 mlrd. soʻmlik 7 ta innovatsion ishlanmalar bajarildi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qarori 

7-ilovasining 55-bandiga binoan umumiy qiymati 800,0 mln. soʻmlik Dori vositalarini olish uchun Jizzax viloyatidagi kavrak o‘simliklar ildizining mikroflorasidan foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish nomli innovatsion ishlanma bajarildi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qarori 

7-ilovasining 56-bandiga binoan umumiy qiymati 500,0 mln. soʻmlik ko‘chatni uxlatish va gidroponika usulida vertikal holda yil davomida qulupnayni intensiv yetishtirishning innovatsion texnologiyasini yaratish nomli innovatsion ishlanma bajarildi; 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qarori 

7-ilovasining 57-bandiga binoan umumiy qiymati 1000,0 mln. soʻmlik Qovundan marmelad tayyorlash texnologiyasini yaratish nomli innovatsion ishlanma bajarildi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qarori 

7-ilovasining 58-bandiga binoan umumiy qiymati 70,0 mln. soʻmlik Meditsina xizmatlari uchun onlayn navbat olish elektron platformasini yaratish nomli innovatsion ishlanma bajarildi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qarori 

7-ilovasining 59-bandiga binoan umumiy qiymati 1500,0 mln. soʻmlik Ta’lim muassasalari uchun zamonaviy boshqaruv faoliyatini rivojlantirishning innovatsion inspirativ psixologik platformasini yaratish nomli innovatsion ishlanma bajarildi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qarori 

7-ilovasining 60-bandiga binoan umumiy qiymati 250,0 mln. soʻmlik Ajriq ildizpoyalaridan kofe olish texnologiyasini yaratish nomli innovatsion ishlanma bajarildi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qarori 

7-ilovasining 61-bandiga binoan umumiy qiymati 100,0 mln. soʻmlik Peshobdagi keton tanachalarni aniqlash uchun test indikatorlarini ishlab chiqish nomli innovatsion ishlanma bajarildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qarorining 

7a-ilovasi tasdiqlangan umumiy qiymati 1,0 mlrd. soʻmlik 2 ta drayver innovatsion loyihalar bajarilmoqda: 

Bajarilishi 2023-2026 yillarni tashkil etgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ 307-son qarori 7a-ilovasi bilan tasdiqlangan umumiy qiymati 200,0 mln. so‘mlik Katta sig‘imdagi suyuqlik (yoqilg‘i)larni saqlash va tarqatishdagi konteynerlarning hajmini hisoblash va undagi mavjud suyuqlik (yoqilg‘i)ning miqdorini aniqlash texnologiyasini joriy qilishnomli drayver innovatsion loyiha bajarilmoqda.

Bajarilishi 2023-2026 yillarni tashkil etgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 

PQ 307-son qarori 7a-ilovasi bilan tasdiqlangan umumiy qiymati 800,0 mln. so‘mlik Artishok flavonoidlar sintezini oshiruvchi tabiiy elisitorlar ishlab chiqarish biotexnologiyasini yaratish nomli drayver innovatsion loyiha bajarilmoqda.

Mirzo Ulugʻbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali sohalar buyurtmalari asosida ilmiy-tadqiqot faoliyatidan hamda trening kurslar, oʻquv kurslaridan moliyaviy mablag‘larni jalb qilish maqsadida 2021-yilda umumiy mablagʻi 19,1 mln. soʻmlik 11 ta xoʻjalik shartnomalari bajarilgan boʻlsa, 2022-yilda umumiy qiymati 63,9 mln. soʻmlik 22 ta xoʻjalik shartnomalari, 2023-yil umumiy qiymati 78,3 mln. soʻmlik 20 ta xoʻjalik shartnomalari bajarilgan.