MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi

Umumiy ma'lumot

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi:

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi quyidagi vazifalarni bajaradi:

- Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borishi, tahlil qilishi, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritishi, natijalar hamda ta’lim sifatiga ta’sir etadigan omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni filial direktori va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga;

- Oliy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan tadbirlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 72-son buyrug‘iga muvofiq amalga oshirilishini ta’minlash;

- Vazirlikning topshirig‘iga muvofiq, boshqa oliy ta’lim muassasasalari faoliyatini o‘rganishda ishtirok etish;

- Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialda kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va monitoringini olib borish;

- talabalar bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini hamda talabalarning fanlarni o‘zlashtirish darajasini o‘rganib borish va tahlil qilish;

- ta’lim sifatini ta’minlay oladigan, professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish, jumladan salohiyatli o‘qituvchilarni tanlash, ishga qabul qilish, ularning kasbiy mahorati va malakasini oshirish imkonini beradigan (obyektiv) shaffof tashkiliy mexanizmlarni yaratish;

- professor-o‘qituvchilarning dars berish sifatini muntazam ravishda tahlil qilish;

- Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialini ichki baholashdan o‘tkazishni tashkil etish va ichki baholash natijalari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;

- o‘quv jarayonini normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida to‘g‘ri tashkil etilganligi va HEMIS tizimidan foydalanish samaradorligini o‘rganib borish (jumladan, axborot tizimiga ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda kiritilganligi, kredit-modul tizimini talab darajasida tashkil etilganligi);

- malaka talablari, o‘quv reja va dasturlarning kasbiy standartlar hamda mehnat bozori talablariga mos bo‘lgan raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga muvofiqligini tahlil qilish;

- bitiruvchi talabalarning kadrlar bozoridagi o‘rni, ularga ehtiyoj, sohaning yashovchanlik darajasi yuzasidan kengaytirilgan xulosalarni shakllantirish;

- o‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalari asosida tashkil etilganligi, dars jarayonlari sifatining nazorati talab darajasida yo‘lga qo‘yilganligini o‘rganib borish;

- dars o‘tish uchun ishlab chiqarishdan (amaliyotdan) malakali mutaxassislarni jalb etilganligini o‘rganib borish;

- talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda shaffoflik va xolislik ta’minlanganligi bo‘yicha ko‘rilgan choralar samaradorligini aniqlash;

- professor-o‘qituvchilarning malaka oshirganligi, dasturlarga fandagi yangiliklarning kiritilganligini o‘rganish;

- professor-o‘qituvchilarga o‘quv yuklamasini adolatli taqsimlanganligini tahlil qilish;

- axborot-resurs markazida talaba va o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar holati, fanlar bo‘yicha darsliklarning mavjudligi, talabalarga yaratilgan sharoitlarni o‘rganib borish va rahbariyatga takliflar kiritish;

- mustaqil ta’limni talab darajasida tashkil etilishini o‘rganish va tahlil qilish (yo‘riqnoma yoki uslubiy ko‘rsatmalarning ishlab chiqilishi, mustaqil ta’limni tashkil etish uchun talablarning qo‘yilishi va talabalar yuklamasini shakllantirilishini ta’minlash);

- Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida plagiatga qarshi dasturlarni joriy etilishini ta’minlash (jumladan, akademik halollik tamoyillarini joriy etish va ko‘chirmachilikka qarshi ishlarni tizimli ravishda tashkil etish).

HURMATLI PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR, TALABALAR HAMDA FUQAROLAR!

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy uneversitetining Jizzax filiali ta’lim sifati bo‘yicha takliflar, e’tirozlar hamda fikr mulohazalar bo‘lsa, m_ulugbek1977@mail.ru elektron pochtasiga yoki  +99872 226-44-82 telefon raqamiga bog‘lanish mumkin.