Asosiy menyu

Ilmiy faoliyat

Mirzo Ulugbek nomidagi Ozbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida ilmiy faoliyatni tashkil etish boyicha

Ma’lumot

Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialidagi barcha kafedralar bosh mavzulari respublikada olib borilayotgan ustivor yo‘nalishdagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni bajarishga yo‘naltirilgan.

"Amaliy matematika va informatika" kafedrasi kafedrada 2019 yilga belgilangan ilmiy tadqiqot faoliyatining ustivor yo‘nalishi mavzusi "jamiyatni axborotlashtirish darajasini oshirishga yo'naltirilgan axborot texnologiyalarni, telekommunikasion tarmoqlarni, apparat-dasturiy vositalarni intellektual boshqarish, o‘qitish usullarini va tizimlarini ishlab chiqish" va unga kiritilgan ilmiy tadqiqot mavzulari respublikada olib borilayotgan ustivor yo‘nalishdagi amaliy tadqiqot ITD-5: "jamiyatni axborotlashtirish darajasini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy va hajmdor axborot texnologiyalarni, telekommunikasion tarmoqlarni, apparat-dasturiy vositalarni intellektual boshqarish, o‘qitish usullarini va tizimlarini ishlab chiqish" mavzusi bo‘yicha belgilangan.

"Psixologiya" kafedrasi kafedrada 2019 yilga belgilangan ilmiy tadqiqot faoliyatining ustivor yo‘nalishi mavzusi "jamiyatni ma’naviy, axloqiy va madaniy rivojlanish, o‘zbek xalqi va davlatchiligining tarixini o‘rganish, barkamol avlodni tarbiyalashning zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish, uni amaliyotga joriy etish" va unga kiritilgan ilmiy tadqiqot mavzulari Respublikada olib borilayotgan ustivor yo‘nalishdagi fundamental amaliy tadqiqot ITD-1: "jamiyatni ma’naviy, axloqiy va madaniy rivojlanishini, o‘zbek xalqi va davlatchiligining tarixini, ta’limning uzviyligi va uzluksizligi hamda barkamol avlodni tarbiyalash masalalarini tadqiq qilish" mavzusi bo‘yicha belgilangan.

Shu ustivor yo‘nalish asosida filial professor-o‘qituvchilari quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda:

Hususan, "psixologiya" kafedrasida U.Ibaydullayeva tomonidan p.f.D., professor G‘.B.Shoumarov ilmiy rahbarligida "ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi nizolarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlar" mavzusida ilmiy tadqiqot ishi olib borilmoqda. Uning ilmiy mavzusi va rahbari filial Kengashida tasdiqlanib, tegishli hujjatlar ilova qilingan holda O‘zR OAK ga yuborish rejalashtirilgan.

"Psixologiya" kafedrasi assistenti A.I.Suyarova tomonidan "Janr publisistiki v literaturno-politicheskoy deyatelnosti Sh.Rashidova" ilmiy mavzusida tadqiqot ishi olib borish uchun f.f.D. D.Nizamiddinov ilmiy rahbar sifatida biriktirilgan. Ilmiy mavzusi filial Kengashida muhokama etilishi ko'zda tutilgan.

Bundan tashqari, kafedra assistenti u.Toshnazarova "Talabalarda ijtimoiy intellekt shakllanishining psixologik omillari" ilmiy mavzusida tadqiqot ishi olib borish uchun p.f.D. D.Muxamedova ilmiy rahbar sifatida biriktirilgan. Uning ilmiy mavzusi 2020 yilning yanvar oyida filial Kengashida muhokama etish rejalashtirilgan.

"Amaliy matematika va informatika" kafedrasida professor texnika fanlari doktori A.R.Axatov "raqamlashtirilgan medisina ma’lumotlari asosida dastlabki klinik tashxis qo‘yishni ta'minlash axborot tizimi" mavzusi bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borish uchun O.A.Qayumovga ilmiy rahbar etib biriktirildi.

Filialning 2019 yil 28 dekabrdagi 285–AF sonli buyrug‘i asosida 2020 yilning 1 yanvaridan, 2020 yilning 31 dekabriga qadar 3 ta ixtisosliklar bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘limda stajyor-tadqiqotchilik institutiga stajyor-tadqiqodchilar qabul qilindi.

- Xafizov Erkin Alimboy o‘g‘li 13.00.05 - kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha amaliy matematika va informatika kafedrasiga stajyor-tadqiqotchilikka qabul qilindi va "raqamli texnologiyalar asosida bo‘lajak energetiklarni tayyorlash talim resurslarini yaratish va ulardan foydalanish metodikasi" mavzusida ilmiy rahbar etib p.f.D., Turaqulov olim Xolbo‘taevich tayinlandi.

- Saydaliev Bobir Maxamadalievich 05.01.02 – tizimli tahlil, boshqaruv, axborotlarni qayta ishlash ixtisosligi bo'yicha amaliy matematika va informatika kafedrasiga stajyor-tadqiqotchilikka qabul qilindi va "GAT texnologiyasi asosida tog'oldi tuproqlarining holatini monitoring qilish axborot tahlil tizimini ishlab chiqish" mavzusida ilmiy rahbar etib t.f.D. professor, Axatov Akmal Rustamovich tayinlandi.

- Quvondiqov Jo‘ra Tursinboyevich 05.01.04 – hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti ixtisosligi bo‘yicha amaliy matematika va informatika kafedrasiga stajyor-tadqiqotchilikka qabul qilindi va "mantiqiy xulosalashga asoslangan tezkor tahlilash modeli va dasturiy majmuasi" mavzusida ilmiy rahbar etib t.f.D., Raximov Nodir Odilovich tayinlandi.

- Dusanov Xurshid Toshpo‘latovich 05.01.04 – hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta'minoti ixtisosligi bo'yicha amaliy matematika va informatika kafedrasiga stajyor-tadqiqotchilikka qabul qilindi va "presedentlarga asoslangan rakamli ma'lumotlarni intellektual taxlillashning usul va algoritmlarini ishlab chikish" mavzusida ilmiy rahbar etib t.f.D., Raximov Nodir Odilovich tayinlandi.

Jahon banki homiyligida "kasbga yo'naltirish markazi va qo'shma o'quv laboratoriyasini yaratish" loyihasida hamkor tashkilotlar taklifi asosida filialning 1 nafar professor-o'qituvchisi va 2 nafar talabalari ishtirok etib kelmoqda. Loyiha 2020-2021 yillarda bajarish uchun mo'ljallangan.

Filialga Respublika va xorijiy grantlarni jalb qilish maqsadida kafedra professor-o‘qituvchilari bilan "amaliy matematika va informatika" kafedrasida 3 ta, "psixologiya" kafedrasida 1 ta amaliy va innovasion loyihalar mavzulari tayyorlandi.

Xususan, "amaliy matematika va informatika" kafedrasida 3 ta:

- Kasbga yo'naltirilgan ta'limni tashkil etishning elektron muhitini ishlab chiqish;

- Mexnat bozori masalalarini echishda ta'lim oluvchini kasbga yo'naltirilganligi reytingini aniqlash tafakkurli tizimini yaratish;

- GAT asosida ekinlarni joylashtirish va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish jarayonlari monitoringini avtomatlashtirish.

"Psixologiya" kafedrasida 1 ta:

- Jizzax viloyatida ekoturizmni rivojlantirish orqali xalqaro turizmni takomillashtirishga yo'nalgan elektron platformaning multimediyali kompleksini tayyorlash.

Bundan tashqari "Respublika oliy ta'lim muassasalarida talaba-yoshlarning startap-loyihalari" tanlovida qatnashish uchun filial kafedralarining stajyor-tadqiqotchilari va talabalari tomonidan quyidagi startap loyihalar tayyorlandi.

- "Nogiron o'quvchilarning uyiga borib ta'lim berishga yo'naltirilgan "ta'lim markazi" tashkil etish" (loyiha muallifi Z.Xudoyberdieva);

- "Turizmni rivojlantirishning zamonaviy mexanizmini yaratish" (loyiha muallifi A.Abdug'aniev);

- Agrar zina asosida qishloq xo'jalik mahsulotlarini etishtirish (loyiha muallifi J.O'rolov);

- "Tibbiy ko'rsatma olish uchun shifokor bilan bog'lanish uchun "Mobile doctor" onlayn platformasini yaratish" (loyiha muallifi D.Raxmatov);

- "Jizzax shahar ekosistemasi landshaftini yaratish mexanizmini ishlab chiqish" (loyiha muallifi Sh.Karimov);

- "Innovasion masofadan ta'lim olish telegramm bot" (loyiha muallifi u.Eshmatov);

- "Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan past tezlikdagi oqimlarda elektr energiyani hosil qiluvchi generator" (loyiha muallifi E.Hafizov);

"Ob'ektlarni biometrik holati bo'yicha ro'yxatdan o'tkazuvchi tizim ishlab chiqish" (loyiha mualliflari J.Quvondiqov va X.Dusanovlar tomonidan yaratilgan) startap loyihalarni amalga oshirish va tijoratlashtirish uchun tanlovlarda ishtirok etish rejalashtirilgan.

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialiga xalqaro ilmiy-texnik ma'lumotlar bazalari (Scopus, Science Direct)ga kirish va undan foydalanish xuquqi berildi.

O'zMU Jizzax filialining professor-o'qituvchilar, stajyor-tadqiqotchilar hamda ishchi-xodimlari mazkur baza (Scopus, ScienceDirect)lardan Ro'yhatdan o'tkazildi. Ushbu bazalardan filialning professor-o'qituvchilari, stajyor-tadqiqotchilari o'zlarining ilmiy-tadqiqot mavzulari bo'yicha ilmiy maqolalar, tezislar xamda kitoblar yuklab olishdi.

2020 yil 15 may xolatiga ko'ra "amaliy matematika va informatika" kafedrasida Respublika ilmiy jurnallarida 3ta ilmiy maqola nashr qilingan. Xalqaro miqyosda 1ta ilmiy maqola chop etilgan. Respublika ilmiy jurnallarida nashr qilish uchun 5ta ilmiy maqola jo'natilgan. "Scopus" bazasidagi jurnallarda nashr qilish uchun 6 ta ilmiy maqola jo'natilgan.

Psixologiya kafedrasi assistenti Fayzullaev Sherzod "Scopus" bazasidagi AQShning "International Scientific Journal Theoretical& Applied Science" jurnalida "dialektizmi uprotreblyonnie v Dastane "Alpamish"" nomli maqolasi 2019 yilda chop etilgan.

Psixologiya kafedrasi assistenti Toshnazarova Uzukoyning "Scopus" bazasidagi AQShning "European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences" jurnalida "Communicative culture of socio-psychological Support of professional development of higher education students" nomli maqolasi 2020 yilda chop etilgan.

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali to'g'risidagi ma'lumotlar topuniversities.com (universitetlarning QS dunyo reyting) saytiga joylashtirish uchun ma'lumotlar yuborildi.

2020 yil 13-18 aprel kunlari Springer Nature nashriyoti tomonidan link.springer.com platformasi bazasidagi maqolalardan foydalanish va maqolalar yuborish bo'yicha vebinar mashg'ulotlarida filialning 5 nafar professor-o'qituvchilar va 4 nafar stajyor-tadqiqotchilari ishtirok etib kelmoqda.

Top