Asosiy menyu

Xorijiy abituriyentlarni qabul qilish

Xorijiy fuqarolarni qabul qilish

 Oliy ta’lim muassasalariga xorijiy fuqarolarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida» 2008 yil 4 avgustdagi 169-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

  Respublika fuqarolarini xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga jo‘natish davlatlararo shartnomalar va Davlat komissiyasining tegishli qaroriga, oliy ta’lim muassasalararo shartnomalarga hamda fuqarolarning tashabbusiga asosan amalga oshiriladi.

  Xorijiy fuqarolar uchun kirish sinovlari suhbat asosida tashkil etiladi, suhbat muddatlari qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi.

XORIJIY FUQАROLАRDАN BUL QILINАDIGАN HUJJАTLАR

1 . Pasport va xalqaro pasport;
2.
zbekistonda yashash guvohnomasi nusxasi (vid na jitelstvo) - agar mavjud boʼlsa;
3.
Xorijiy fuqaroning rta yoki rta maxsus, kasb-hunar maʼlumotini tasdiqlovchi shahodatnoma/diplom/ sertifikatning zbek yoki rus tiliga tarjima qilingan va notarius tomonidan tasdiqlangan hujjat;
Talab etiladigan hujjatlarning elektron shakli(PDF shaklida, koʼrsatilgan hujjatlar tartibi raqami saqlangan 1 fayl boʼlgan holda) filialning xalqaro
aloqalar boʼlimining international.project@jbnuu.uz elektron manziliga yuborilishi kerak. 
А
bituriyentning yashash manzili, telefon raqami, elektron manzili aniq koʼrsatilish kerak. 
Qoʼshimcha maʼlumot sifatida abiturientning Oʼzbekisitonda yashaydigan yaqin qarindoshlarining maʼlumotlarini (manzili, telefon raqami, elektron manzili) kiritishi tavsiya etiladi. 
Suhbat vaqtida kelgan xorijiy abiturientning elektron shaklda yuborilgan hujjatlarining asl nusxasi TА
B etiladi.

 Xorijiy fuqarolarning hujjatlari faqat mazkur davlatning milliy fuqarolik pasporti asosida qabul qilinadi va ular milliy fuqarolik pasport kopiyasini topshiradilar. Shu bilan birga, agar xorijiy fuqaro O’zbekiston Respublikasida yashash guvoxnomasiga (Вид на жительство) ega bo’lsa, ushbu holatda xorijiy fuqaroning milliy pasporti kopiyasi bilan birga O’zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi kopiyasi ham topshiriladi. Qayd etilgan toifadagi fuqarolar ham O’zbekiston Respublikasida doimiy ravishda istiqomat qilayotgan xorijiy fuqaro hisoblanib, yuqorida ko’rsatilgan xorijiy fuqarolar uchun o’rnatilgan tartibda xujjat topshiradilar.

  Xorijiy fuqarolar o’qishga faqat to’lov-shartnoma asosida qabul qilinib, ular to’lovlarini xorijiy fuqarolar uchun belgilangan miqdorida amalga oshiradilar. Xorijiy fuqarolar o’qish uchun to’lovlarini milliy valyutada amalga oshiradilar.

     O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risidagi qonuni»ning 4-moddasiga asosan O’zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan va «Fuqaroligi yo’q shaxs uchun O’zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi»ga ega bo’lgan shaxslar barcha O’zbekiston Respublikasi fuqarolari kabi umumiy tartib asosida xujjat topshiradilar va o’qishga qabul qilinadilar.

 

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialiga imtihonlarsiz, suhbat asosida o‘qishga kirib, bakalavr darajasini olishni istaysizmi?

O‘zbekistondagi eng yosh va nufuzli filialllardan birida o‘qishni qo‘ldan boy bermang va hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

  • Xorijlik talabalar bepul va zamonaviy sharoitdagi yotoqxona bilan ta’minlanadi
  • Xohish va qiziqishga ko‘ra sport  va turli xil to‘garaklari va klublarida faol qatnashish mumkin
  • Filial kutubxonasida millionlab turdagi qiziqarli kitoblar mavjud
  • Dam olish va individual mashg‘ulotlar uchun qulay sharoitlar  barpo etilgan

Batafsil ma’lumot uchun savollaringizni Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialining ko‘rsatilgan telefon raqamlariga yoki elektron pochta manziliga yuborishingiz mumkin.72-226-01-30 / 72-226-01-70 international.project@jbnuu.uz 

 ONLINE RO'YXATDAN O'TISH 

Turar joy uchun roʼyhatdan oʼtish hamda viza olish jarayoni

 Xorijiy fuqarolarga viza rasmiylashtirish, viza taklifnomalarini tayyorlash hamda turar joy uchun vaqtinchalik roʼyhatdan oʼtkazish oliy taʼlim muassasalarining Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi bilan oʼzaro kelishuvi asosida Oʼzbekiston Respublikasinig Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etilgan holda amalga oshiriladi. Xorijiy fuqarolar uchun vizalar nomzodning oʼz davlatida joylashgan Oʼzbekiston Respublikasining elchixonasi yoki konsullik idorasi tomonidan taqdim qilinishi mumkin.

Top