Asosiy menyu

Qo'shma ta'lim dasturi (KFU 3+1)

O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida (3+1) dasturi bo'yicha “psixologiya” yo'nalishida ta'lim olishga taklif etamiz!

O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Rossiya Federatsiyasining Qozon Federal universiteti bilan qo'shma (3+1) dasturida hamkorlik qilib, “Psixologiya” yo'nalishida qabul boshlanganini e'lon qilamiz! Sizda ahondagi eng nufuzli 500 ta o'quv yurtlaridan birida ta'lim olish imkonini qo'ldan boy bermang! Muvaffaqiyatli bitiruvchilarga esa 2 ta diplom beriladi. Batafsil ma'lumotlar uchun telifonlar  +99897 477 88 38  +998 91 588 58 97

 

Abiturientlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari shart:


 - Ariza 
- Diplom va uning ilovasi nus'halari
- Pasport nusxasi  
- Rasmlar hajmi 4,5 x 4,5 bo'lgan 4 ta fotosurat
O'zbekiston milliy universiteti Jizzax filialining rasmiy veb sahifasidan ro'yxatdan o'tishingiz mumkin! JBNUU.UZ

ONLINE RO'YXATDAN O'TISH

"Psixologiya"  yo'nalishi tugatgan talabalar quyidagi soxalarda ishlashlari mumkin:


- Ta'lim sohasida: o'quv va maktabgacha ta'lim muassasalari. 
- Sog'liqni saqlash sohasida: ruhiy shifoxonalar va reabilitatsiya markazlari.
- Harbiy sohada: Harbiy ruhshunos — sharqiy Yevropa mamlakatlari uchun yangi va noyob kasb.
- Huquqshunoslik: huquqiy psixologlar yuridik tashkilotlar va davlat idoralarida ishlaydilar. 
- Sport: ushbu ixtisoslik bitiruvchilari spor-sog'lomlashtirish markazlarida, klublarda, oliy va o'rta-maxsus bilim yurtlarida ishlashlari mumkin.
- Fan sohasi: oliy o'quv yurtlari va boshqalar.
- Biznes: aksariyat hollarda mazkur mutaxassislar nufuzli tashkilotlardan ish topadilar. 
- Tajribali va tashabbusli ruhshunoslar o'z bizneslarini ochadilar. Ular yakka, oilaviy yoki jamoaviy shaklda maslahat va yo'riqnomalar berish faoliyati bilan shug'ullanadilar.


 

Top