Asosiy menyu

Filial Kengashi

 

Raxmatov  Xayrulla Bozorboyevich

Lavozimi :

Filial Kengash kotibi

Telefon :

+99890 265 80 20

E-mail

xayrulla.raxmatov@gmail.com

Qabul vaqti  

Chorshanba, Payshanba, Juma (14:00-16:00)

 

 

Kengash kotibining lavozim vazifalari:

⦁ Har oyda o`tkaziladigan filial Kengash majlisining ish rejasi bo‘yicha tegishli sohalar mas‘ullariga qaror loyihalarini tayyorlash bo‘yicha xabar berish va uni nazorat qilib borish;

⦁ Filial Kengash a‘zolarining Kengashda ishtirokini ta‘minlash va ularga yig‘ilish kuni hamda vaqti haqida xabar berish;

⦁ Kengash qarorlari loyihasini mas‘ullaridan o‘z vaqtida olish va ularni rasmiylashtirish;
⦁ Kengash qarorlari loyihasi rasmiylashtirilib, tayyor bo‘lgach, barcha kengash a‘zolariga tarqatish;

⦁ Kengash qarorlari ijrosi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish;

⦁ Kengash qarorlari loyihasi mas‘ullar tomonidan bajarilmagan taqdirda yozma yoki og‘zaki ravishda Kengash raisiga hisobot berish;

⦁ Kengash qarorlarini bayonnoma bilan rasmiylashtirish. Bayonnomalarni Kengashning raisi va kotibi tomonidan imzolab tasdiqlanishini ta‘minlash;
⦁ Kengash tasdig‘idan o`tgan barcha filial hujjatlarining bayonnomadan ko‘chirmasini tasdiqlab berish;

⦁ Kengash qaroriga muvofiq professor, dotsent ilmiy
unvonini olishga intilayotgan izlanuvchilarning hujjatlarini ko‘rib chiqish va bedgilangan tartibda ilmiy unvonga tasdiqlash uchun taqdim etish hamda hujjatlarni OAKga jo‘natish;

⦁ Kengash muhokamasidan o‘tgan doktorlik va nomzodlik dissertatsiyasi mavzulariga bayonnomadan ko‘chirmani tasdiqlash;

⦁ Kafedra mudiri, professor va dotsent lavozimlariga kafedralar bo‘yicha vakant lavozimlarga yopiq ovoz berish yo‘li bilan tanlov o‘tkazib, rasmiylashtirish;
⦁ Professor-o‘qituvchilarning Kengash ro‘yxatini tasdiqlab berish;
⦁ Har o‘quv yili oxirida Kengash bayonnomalarining yig‘ma jildini arxivga topshirish;
⦁ Kengash rejasi Kengash tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng filial direktoriga tasdiqlatish;

⦁ O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirligi Hay‘ati qarorlari hamda buyruqlari asosida ish rejasiga o`zgartirishlar kiritish;

⦁ Kengash yig‘ma jildlar nomenklaturasini doimiy tarzda yuritish va barcha hujjatlar monitoringini amalga oshirish.

 

Kengash haqida

 

Mazkur Kengash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 3 dekabrdagn 487-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtining ilmiy kengashi to‘g‘risidagi namunaviy nizom” asosida  tashkil etilgan bo‘lib, filial Kengashning 2019 yil 28 avgustdagi 1-sonli majlisida muhokamadan o‘tkazilgan va tasdiqlangan “Filial Kengashi to‘g‘risidagi Nizom” asosida o‘z faoliyatini olib bormoqda.

 

Umumiy qoidalar

1. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy univetsiteti Jizzax filiali faoliyatining asosiy masalalarini ko‘rib chiqish uchun direktor raisligida Kengash tashkil etiladi va uning yig‘ilishlarini olib boradi.

2.Kengash o‘z faoliyatini filial Kengashi to‘g‘risidagi Nizomi asosida, qonuniylik, boshqaruv va kollegiallikni markazlashtirish tamoyillari asosida amalga oshiradi.

Kengashning asosiy vazifasi:

3. Kengashning asosiy vazifasi – filial jamoasi sa’y-xarakatlarini quyidagi masalalarni bajarishga qaratilgan faoliyatini birlashtirish hisoblanadi:

- kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiya va kompyuterlashtirish asosida yuqori sifatli kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

- Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti talablari darajasida mukammal bilim, malaka, ko‘nikmalarga ega bo‘lgan professional mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirishdan iborat.

4. Filial Kengashi:

- kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalar va dasturlarning qat’iy bajarilishini ko‘rib chiqadi hamda ustuvor masalalar bo‘yicha tavsiya va topshiriqlarni belgilaydi;

- fakultetlarning o‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar to‘g‘risidagi, qabul komissiyasining qabul natijalari to‘g‘risidagi hisobotlar, shuningdek, marketing xizmatining xalq xo‘jaligida bitiruvchi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj, buyurtmachi tashkilotlar bilan xamkorlik aloqalari to‘g‘risidagi hisobotni eshitadi hamda tegishli qaror qabul qiladi;

-ilmiy tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rejalari ijrosi, professor-o‘qituvchilar tarkibining malaka oshirish va qayta tayyorlash masalalarini muhokama qiladi hamda tegishli qaror qiladi;

-filial rivojlanishining yillik va istiqbolli rejalarini tasdiqlaydi, moddiy texnik ta’minot va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalarini muhokama qiladi hamda tegishli qaror qabul qiladi.

- fakultet va kafedralarni ochish, tugatish, o‘zgartirish shuningdek, marketing xizmatlari takliflarini hisobga olgan holda yangi bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish yoki to‘xtatish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha qaror qabul qiladi;

- “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarini tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq professor-o‘qituvchilar lavozimlarini egallash uchun tanlovlar o‘tkazadi;

- professor, dotsent ilmiy unvonini olishga intilayotgan izlanuvchilarning xujjatlarini ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda ilmiy unvonga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasiga taqdim etadi;

- filial talabalari hamda professor-o‘qituvchilarning ingliz tilini bilishini ta’minlash va kompyuter texnologiyalari, internetdan foydalana olishlari bo‘yicha tayanch ko‘nikmalarni shakllantirish masalalarini muhokama qiladi va chora-tadbirlar belgilaydi;

- ta’lim jarayonining o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganligini, yangi avlod darslik va o‘quv qo‘llanmalari, shuningdek innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llashga asoslangan o‘quv-uslubiy majmualarni tayyorlash va nashr etish masalalarini muhokama qiladi;

- stajor-tadqiqotchi-izlanuvchi, tayanch doktorantura va doktoranturalarga nomzodlarni tavsiya etadi, ularning shaxsiy rejalari va dissertatsiyalari mavzularini tasdiqlaydi;

- iqtidorli talabalar safidan va professor-o‘qituvchilar tarkibidan nomzodlarni “Iste’dod” jamg‘armasi orqali xorijiy oliy ta’lim muassasalarida stajirovkaga tavsiya etadi;

- filial iqtidorli talabalari va stajor-tadqiqotchi-izlanuvchilari safidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasiga va nomli davlat stipendiyalar tanlovida ishtirok etadigan nomzodlarni tavsiya etadi;

- “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi bilan hamkorlikda talabalarning jismoniy tarbiyasi va ularning sog‘liklarini yanada yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqadi;

- asosiy buyurtmachi tashkilot, korxona va muassasalar bilan korporativ hamkorlikni rivojlantirish, moddiy texnik bazani mustahkamlash hamda talabalarning malakaviy amaliyoti samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qiladi va ularni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;

- filial talabalari va xodimlarining texnika xavfsizligi va mexnat muhofazasini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlarni belgilaydi.

5. Kengash filial vakolatiga kiradigan va kollegial muhokama etishni talab qiladigan har qanday masalani ko‘rib chiqish huquqiga ega.

Kengash tarkibi:

6. Kengash tarkibiga filial direktori (rais), direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim va markaz boshliqlari, o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i, filial bosh hisobchisi, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, yurist-maslaxatchi, fakultet dekani, kafedra mudirlari, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, «Yoshlar ittifoqi» boshlang‘ich tashkilot yetakchilari kiradi. Kengash tarkibiga Oliy ta’lim muassasining muayyan yo‘nalish muammolari bo‘yicha ishlovchi yirik olim va mutaxassislar ham kiritilishi mumkin. Vakolat muddati -5 yil.

7. Kengash tarkibi filial direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Har o‘quv yilining boshida turli sabablarga ko‘ra Kengash tarkibidan chiqqanlar o‘rniga, yangi a’zolar saylanadi yoki tegishli tartibda tarkibga qo‘shiladi.

 

O‘zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali Kengash a’zolar ro‘yxati

 

F.I.Sh.

Lavozimi

  1.  

Turakulov Olim Xolbutaevich

Kengash raisi, direktor

  1.  

Axatov Akmal Rustamovich

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari (rais orinbosari)

  1.  

Raxmatov Xayrulla Bozorboevich

Kengash kotibi

  1.  

Raximov Nodir Odilovich 

O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

  1.  

Eshonqulov Bunyod Saydullaevich

Ishlar boshqarmasi boshlig‘i

  1.  

Dangalov Normamat Abdievich

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i

  1.  

Alimov Normurod Nosirovich

“Psixologiya” fakulteti dekani

  1.  

Xoltosheva Madina Tojiboevna

Monitoring va ichki nazorat sektori

  1.  

Mustafoev Akmal Isoqulovich

O‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi

  1.  

Nosirov Bunyod Uralovich

“Psixologiya” kafedrasi mudiri

  1.  

Qayumov Oybek Achilovich

Amaliy matematika va informatika kafedrasi assistenti

  1.  

Musaeva O‘g‘iloy Abdumannonovna

Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektorining bo‘lim boshlig‘i

  1.  

Kudratov Bekzod Almuradovich

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i

  1.  

O‘rinov Suxrob Ergashevich

Axborot texnologiyalari markazi boshlig‘i

  1.  

Tugalov Ismat Xatamovich

Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i

  1.  

Abjalov Alimardon Abduxomidovich

Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkilot yetakchisi

  1.  

Ibragimov Asqar Axmadovich

Filial yuriskonsulti

  1.  

Saidaxmedova Dilafruz

Devonxona va arxiv mudiri

  1.  

Tagmatov Temur Karimovich

Bosh xisobchisi

  1.  

O‘ralov Islom Ismatovich

Filial birlashgan kasaba uyushmasi  qo‘mitasi raisi

  1.  

Aliqulova Laylo Ziyadin qizi

Axborot resurs markazi direktori

  1.  

Xafizov Erkin Alimboy o‘g‘li

Xodimlar bo’limi inspektori

  1.  

Saydaliev Bobur Maxamadaliyevich

Ilmiy-innovasion ishlanmalarni tijoratlashtirish bolimi boshlig’i

 

Top