Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi

 

 

                     Mingboyev Ulug'bek Xujayevich

Lavozimi :

Ta’lim sifatini nazorat qilish  bo‘lim boshlig‘i

Telefon :

(8372)-226-01-30

E-mail

m_ulugbek1977@mail.ru

Qabul vaqti

Dushanbadan-Shanbagacha soat 9:00 dan 11:00 gacha

 

 Vazifalari:

·                   O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’limva kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

·                   ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DS), malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;

·                   filialda ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan taminlanganlik darajasini o‘rganish;

·                   filial talabalari bilimlarining DSga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish;

·                   ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;

·                   kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;

·                   filial ichki attestasiyadan o‘tkazishni tashkil etish, natijalari bo‘yicha ta’limsifatiga salbiy ta'sir etuvchi omillarni aniqlash, ma‘lumotlarni filial direktoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish;

·                   ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;

·                   filial professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish natijalari to‘g‘risida filial direktoriga ma’lumot kiritish.

 

Top