Ibragimov Asqar Ahmadovich
Yuridik xizmat – O`zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali faoliyatini huquqiy ta`minlash maqsadida qonunchilikda belgilangan me`yor va mezonlarga muvofiq majburiy tartibda tashkil etiladigan yoki joriy qilinadigan mustaqil tarkibiy tuzilma yoxud lavozim.
Yuridik xizmat bevosita Milliy universiteti Jizzax filiali direktoriga bo`ysunadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2733-son Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to`g`risida”gi Nizomga muvofiq kuyidagilar yuridik xizmat faoliyatining asosiy yo`nalishlari hisoblanadi:
- filialning huquqni qo`llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta`minlashni tashkil etish;
- filial tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;
- filialning qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida filial bo`limlari, fakultetlari ishini muvofiqlashtirish;
- filial xodimlari, talabalarning huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali etkazishda ishtirok etish;
- shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da`vo ishlarini yuritish, filialning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta`minlash.