Psixolog vazifalari:
- Ta’lim muassasasidagi axloqiy-psixologik iqlimni, uning talaba shaxsiga ta’sirini o‘rganish;
- Talabalarning shaxsiy muammolarini aniqlash maqsadida ijtimoiy - psixologik diagnostika o‘tkazish;
- Ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni aniqlash (barcha talabalar);
- Kattalar tomonidan tazyiq o‘tkazilayotgan talabalar muhofazasi va ular bilan individual ishlarni olib borish (talabalar bilan individual suhbat);
- Notinch oilalar farzandlarini erta aniqlash;
- Ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonga jalb etish;
- Mushkul vaziyatlarga tushib qolgan talabalarga individual maslahatlar berish;
- Ota-onalar, pedagoglar, ma’muriyat va guruh murabbiylariga maslahatlar berish;
- Talabalardagi hulqi og‘ishishlarni erta aniqlash va ularning oldini olish;
- Turli holatlar bo‘yicha hisobda turadigan talabalar bilan psixoprofilaktik va korrektsion ishlarni olib borish;
- Professor-o‘qituvchilar, psixologik yordamga muhtoj talabalar va ota- onalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni va o‘zaro tushunish darajasini oshirish;
-O‘qituvchilar jamoasiga talabalar ta’lim-tarbiyasini individuallashtirishda yordamlashish, ularning qobiliyatini, maylini o‘sish darajasiga qarab, o‘qituvchilarga korrektsion ishlarni amalga oshirishda ko‘rsatmalar berish;
- Psixologik hizmatning ushbu yo‘nalishida alohida ahamiyat kasb etadigan narsa-bu talabalar o‘sishida kechikish (orqada qolish), ularda hulqning buzilishi, ta’limda o‘zlashtirishning yomonlashuvi kabilarni o‘rganish;
-O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va qayta tayyorlash sohalaridagi qarorlarini amalga oshirish.