MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Аmaliy matematika

 “Amaliy matematika fakulteti

“Amaliy matematika” fakulteti dekani

Тexnika fanlari nomzodi. Dotsent Baboev Alijon Madaminovich

Qabul vaqti: seshanba, chorshanba va juma soat 15-00 dan 17-00 gacha.

Telefon: (93) 394-30-17

E-mail: baboyev77@gmail.com

Fakultet dekani vazifasi

 

• Fakultet dekanati, professor-o‘qituvchilari va xodimlari faoliyatini va umumiy boshqarish;

• Fakultetda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta’minlash, o‘quv- uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalar, o‘quv dasturlar bajarilishini ta’minlash;

• O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jadvallari tuzishni tashkil etish va bajarilishini nazorat.qilish, talabalarning o‘zlashtirishi va davomati tekshirib borilishini, reyting nazorati olib borilishini, intizom nazoratini tashkil etish:

• Talabalarning kursdan kursga o‘tkazish to‘g‘risida buyruqlar loyihasini tayyorlash;

• Talabalarga stipendiya berilishi to‘g‘risidagi taqdimnomani tayyorlash;

• Talabalarning bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishi va davlat attestatsiyasida qatnashishlarini tashkil etish;

• Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ular bilan individual, maqsadli ishlash tadbirlarini tashkil etish, ularni fanlar bo‘yicha olimpiadalar, turli jamg‘armalar (jumladan xorijiy) tanlovlarida qatnashishga tayyorlash;

• Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarni tayyorlash, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishi ishlarini muvofiqlashtirish;

• Fakultet tarkibidagi ta’lim yo‘nalishlariga taalluqli darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, boshqarish;

• YAngi informatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga keng tatbiq etilishini, professor-o‘qituvchilarning yangi informatsion texnologiyalarni egallashlarini ta’minlash;

• Fakultet Ilmiy Kengashini faoliyatini boshqarish;

• Ilmiy va ilmiy uslubiy konferensiyalar, kafedralararo yig‘ilishlar, fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, o‘z sohasida yangiliklar va ilmiy-texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy- ijtimoiy rivojlanishi masalalari va h.k.) seminarlar, muloqot (diskussiya)lar tashkil etish va o‘tkazish;

• Oliy ta’lim muassasasining marketing xizmati bilan hamkorlikda fakultetda tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo‘yicha mavjud va istiqbol ehtiyojni o‘rganish, mutaxassislarga talabgor tashkilot, korxona, muassasalar bilan aloqalar o‘rnatish, bitiruvchilarni ishga joylashishi imkoniyatlarini tartibga solish (maqsadli shartnomalar), amaliy tavsiyalar berish;

• Turdosh oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari hamda ilmiy muassasalar, jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;

• Fakultet miqyosida mustaqil ravishda qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish (o‘z hisob raqamiga ega bo‘lgan alohida «Markaz», «Kurs» va h.k.), grantlar, investitsiyalar jalb etish, bunda fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalarining faol ishtirokini ta’minlash;

• Talabalar turar joylarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish:

• Vakolati doirasida murojaatlarni ko‘rib chiqish.

Bilishi kerak:

Fakultet faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, OTMi Rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi, OTMi yillik va istiqboli rejalarini bilishi;

Malaka talablari:

• Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;

• Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, etakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;

• OTMda bakalavr va magistrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklaridan biri bo‘yicha fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi;

• Fakultet yo‘nalishi bo‘yicha kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.

Mehnat faoliyati

09.1995-06.1999 Toshkent avtomobil va yo‘llar instituti bakalavri

06.1999-06.2001 Toshkent avtomobil va yo‘llar instituti magistranti

09.2001-01.2006 Toshkent avtomobil va yo‘llar instituti avtomobilsozlik yangi texnologiyalar kafedrasida stajor-o‘qituvchisi, assistenti

12.2005-12.2008 Toshkent avtomobil va yo‘llar instituti avtomobilsozlik yangi texnologiyalar kafedrasida aspiranti

01.2009-12.2011 Toshkent avtomobil va yo‘llar instituti avtomobilsozlik texnologiyasi kafedrasi assistenti

12.2011-01.2012 Toshkent avtomobil va yo‘llar instituti TV va TJT kafedrasi katta o‘qituvchisi

01.2012-01.2014 Toshkent avtomobil va yo‘llar instituti chizma geometriya va va grafika kafedrasi mudiri.

01.2014-01.2017 Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi

01.2017-11.2017 Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti yo‘l qurilish mashinalari va jihozlarini ta’mirlash va ekspluatatsiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi

11.2017-07.2018 Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti yo‘l qurilish mashinalari va jihozlari kafedrasi dotsenti

07.2018-12.2020 Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti avtobronetexnika tuzilishi va ekspluatatsiya qilish kafedrasi boshlig‘ining o‘rinbosari, Toshkent vil.

12.2020-h.q. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Amaliy matematika fakulteti dekani

 

“Amaliy matematika” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Raxmatov Xayrulla bozorboyevich

Qabul vaqti: Dushanba, chorshanba va shanba kunlari soat 15-00 dan 17-00 gacha

Telefon: (90) 265-80-20

E-mail:  xayrulla.raxmatov@gmail.com

Fakultet dekanining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarining lavozim vazifalari:

• O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, xat, topshiriqlarini, shuningdek, ma’naviyat va ma’rifat jarayoniga tegishli oliy ta’lim muassasasining buyruqlari bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;

• Fakultetda tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish;

• Talabalarning individual psixologik portreti aks ettirilgan shaxsiy varaqalarini to‘ldirishni tashkil etish;

• Talabalarning kiyinish va muomala madaniyatiga rioya etishini kundalik nazoratga olish;

• Fakultet va kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy ish rejalarini muvofiqlashtirish hamda ular asosida umumiy ish rejani shakllantirish, fakultet Kengashida tasdiqlash;

• Fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, turli yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish;

• Fakultet Kengashi rejasiga ma’naviy-ma’rifiy ishlarga doir masalalarni kiritish va doimiy muhokamasini yo‘lga qo‘yish;

• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga etkazib borish;

• Talaba-yoshlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy, estetik, axloqiy dunyo qarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil g‘ayriinsoniy g‘oyalar ta’siridan himoya qilishda hamda mustaqil O‘zbekistonning chinakam fidoyisi bo‘lib etishtirishga qaratilgan ma’naviy ishlarni tashkil qilish;

• Oliy ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarga doir tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlash;

• Talaba-yoshlar orasida axloqiy, estetik, siyosiy-g‘oyaviy tarbiyani shakllantirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;

• Milliy urf-odatlar, qadriyatlar negizida olib borilayotgan anjumanlar, davra suhbatlari, uchrashuvlarni va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil qilish;

• Talabalarning ma’naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish maqsadida qilinadigan ishlarni takomillashtirishga ko‘maklashish;

• Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklardan kelib chiqib talabalarda ixtisoslik ko‘nikmasini shakllantirish;

• Direktor, O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, fakultet dekanining topshiriqlari asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish;

• Ma’naviy-ma’rifiy masalalar yuzasidan kafedra mudirlari tomonidan bajarilgan ishlarni tahlil qilish va tavsiyalar berish;

• Professor-o‘qituvchilarning yillik o‘quv yuklamalaridagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar” sohasiga tegishli bandiga tegishli vazifalarni tahlil qilish va to‘liq bajarilishini nazorat qilish;

• Ijarada yashaydigan talabalarga murabbiylarni biriktirish, ularning faoliyatini doimiy muvofiqlashtirib borish;

• Talabalar turar joylarida talabalarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning kundalik faoliyatini nazoratga olish;

• Murabbiylar tomonidan o‘tkaziladigan “Axborot va murabbiylik soati”ni o‘tilishi, mazmunini doimiy nazoratga olish;

• Talabalarning ota-onalari bilan doimiy muloqot qilish va fakultetda  “Ota-onalar kuni” tadbirini uyushtirish;

• O‘quv binosi va talabalar turar joylarida rahbariyat topshirig‘iga muvofiq belgilangan kunlarda navbatchiliklarni tashkil etish va nazoratga olish;

• Har semestr yakunida fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ishlari yuzasidan hisobot, fotoalbom tayyorlash va bo‘lim rahbariga taqdim etish;

• Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda yaxshi tashabbus ko‘rsatgan faollarni moddiy, ma’naviy rag‘batlantirishga doir takliflar, tavsiyalar berish;

• Jamoat tashkilotlari va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va muammoli talabalar bilan individual ishlash;

• Fakultet binosi, kafedralar va o‘quv xonalarining targ‘ibot plakatlar bilan bezatishda tashabbuskor bo‘lish hamda mazkur vazifaga siyosiy hushyorlik bilan yondoshish;

• O‘zining xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish.

Bilishi kerak:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim tizimidagi ta’lim-tarbiya masalalariga tegishli qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, OTM buyruqlari, fakultet faoliyatiga taaluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, odob-axloq qoidalari, OTM Ustavi, ichki mehnat tartib-qoidalari, ish yuritishga oid boshqa me’yoriy hujjatlar.

Malaka talablari:

• Namunali fazilatli, intelektual, madaniyatli, etakchilik, ijodiy fikr, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;

• Oliy ma’lumotga (magistr diplomi) ega bo‘lishi;

• O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;

• Kamida 3 yillik pedagogik yoki ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar bo‘yicha faoliyat stajiga ega bo‘lishi;

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni mukammal bilishi zarur.

 

Mehnat faoliyati

 

1998-2003 yy. - Jizzax davlat pedagogika instituti talabasi

2001-2003 yy. - Jizzax tuman Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi 22-o‘rta maktab tarix fani o‘qituvchisi

2003-2004 yy. - Jizzax pedagogika kollejida tarix fani o‘qituvchisi

2004-2006 yy. - Jizzax pedagogika kollejida kamolot yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkilot yetakchisi

2006-2007 yy. - Jizzax pedagogika kollejida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i

2009-2019 yy. - Jizzax pedagogika kollejida o‘quv bo‘limi boshlig‘i

2019-2020 yy. - Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali devonxona mudiri

2020-2020 yy. - Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Kengash kotibi

2020 y. - h.v.   - Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali amaliy matematika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

 

 

«Amaliy matematika » fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovuni

Parmonov Abdutolib Abduvaxob o‘g‘li

Qabul vaqti: Har kun soat 14-00 dan 17-00 gacha

Telefon: (97) 439-19-19

E-mail: pabdutolib@gmail.com 

 

Fakultet dekanining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining lavozim vazifalari:

• Fakultetda o‘quv jarayonini tashkil etish;

• Talabalarning o‘quv kartochkalarini to‘ldirishni tashkil etish;

• Talabalarning shaxsiy jadvallarini xamda reyting sinovi varaqalarini tuzishni tashkil etish;

• Talabalarning hujjatlarini tayyorlash hamda nusxasini ko‘paytirishni tashkil etish;

• Fakultet talabalarining soni haqidagi 3-NK shaklidagi hisobotni tuzishni tashkil etish;

• Birinchi kursga qabul qilingan talabalarni o‘quv hujjatlarini tayyorlashni tashkil etish (reyting daftarchalarini, talabalik biletlarini va o‘quv kartochkalarini to‘lg‘azish);

• Talabalar hujjatlarini muntazam ravishda tekshirib borish xamda fanlar bo‘yicha qarzlarni topshirish haqida eslatuv xatlarini jo‘natish;

• Talabalar soni, o‘zlashtirishi va harakati bo‘yicha hisobot ma’lumotlarini tayyorlash;

• Talabalarni kursdan kursga o‘tkazish bo‘yicha buyruq loyihasini tuzishda qatnashish;

• Talabalarni malakaviy amaliyotiga yuborish bo‘yicha buyruq loyihasini tuzish;

• Talabalar davomatini, o‘quv darslarining o‘z vaqtida o‘tkazilishini tashkil qilish va nazoratini olib borish;

• O‘quv dars jadvallarini tuzishni tashki etish;

• Reyting nizomiga rioya etilishini ta’minlash;

• Talabalarni DAK sinovlarini topshirishga va bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishga qo‘yish bo‘yicha buyruq loyihasini tuzish;

• Talabalarni so‘rov xatlariga javob xatlarini yozishni tashkil etish;

• Dekanat faoliyati uchun zarur bo‘lgan hujjatlar uchun buyurtmalar berishni tashkil etish;

• Fakultet dekanatidagi barcha hujjatlarni saqlanishini ta’minlashni tashkil etish;

• OTMini tamomlagan xamda chetlashtirilgan talabalarni shaxsiy hujjatlarini tayyorlash va ularni OTMi arxiviga topshirishni tashkil etish.

Bilishi kerak:

O‘z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, OTMi ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarni bilishi;

Malaka talablari:

• Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, etakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror

qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;

 • Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

 • O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.

 

Mehnat faoliyati

2012-2016 yy. - Samarqand davlat unversiteti talabasi

2016-2019 yy. - Samarqand davlat unversiteti talabasi

2019-2020 yy. - Jizzax politexnika instituti umumtexnika fanlari kafedrasi assistenti

2020-2020 yy. - Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali amaliy matematika va informatika kafedrasi assistenti 

2020 y. - h.v.   - Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali amaliy matematika fakulteti o‘quv ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari