MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Axborot resurs markazi

Umumiy ma'lumot

Axborot-resurs  markazi  direktori  Vazifalari:

•  Markazning  barcha  faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;

•  OTMlar, viloyat,  Oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi hamda markaziy ARMlar bilan bog‘lanib, doimiy ravishda ARM kutubxona fondini oshirib borish;

•  Barcha bibliografik  ishlarning bajarilishini nazorat qilish;

•  ARM uchun gazeta va jurnallarning obunasini tashkil qilish;

•  OTM ARMlari va boshqa ARMlar bilan aloqani olib borish;

•  Axborot-resurs markazida kitob yarmarkalarini tashkil etish;

•  Istiqbolli va joriy ish rejalarini ishlab chiqish;

•  Kutubxona (Axborot-resurs markazi) fondining shakllanishi uning tartibga solinishi va saqlanishini tashkil etish;

•  Kutubxona (Axborot-resurs markazi) ni zarur uskunalar bilan, shuningdek uni kompyuterlashtirishni ta’minlash;

•  Kutubxona (Axborot-resurs markazi) ni malakali xodimlar bilan ta’minlash, xodimlarning bilimlari, tajribasidan to‘gri foydalanish, topshirilgan ish uchun masulyatini oshirish choralarini ko‘rish;

•  Xodimlarni tanlash va vazifalariga ko‘ra joy-joyiga qo‘yish, mehnat va ishlab chiqarish intizomini nazorat qilish. Ishlov berish va butlash bo‘limining ishiga mutasaddilik qilish;

•  Nashriyotlarning rejalarini  ishlab chiqish va tekshirishda qatnashish, bibkollektorda va kitob do‘konlarida adabiyotlarning jamlanishi bilan shug‘illanish;

•  Kutubxona(Axborot-resurs markazi) fondlarini to‘liq butlash uchun tarmoq OTMlar va kitob do‘konlari bilan aloqani yo‘lga qo‘yish;

•   Kutubxona (Axborot-resurs markazi)dagi adabiyotlarni hisobdan chiqarishga va yo‘qolganlarni o‘rniga boshqa kitoblarni qabul qilib olishga bevosita rahbarlik qilish.